Yanvargacha "Manchester Yunayted"da yangi lavozim paydo bo'ladi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018, 14:46
"Manchester Yunayted" texnik direktor lavozimini yaratishga va bu joyga qishki transfer oynasigacha mutaxassis tayinlashga qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar boshqaruv tuzilmasini qayta tuzishga majbur bo'lishdi va bu lavozim uchun nomzod qidirishni boshlab yuborishdi.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning yozgi transferidan norozi bo'lgani e'lon qilingan edi. Klub o'zi istagan markaziy himoyachilardan birini xarid qila olmadi.

Endi klubning transferiga ijrochi direktor Ed Vudvord emas, tehnik direktor javob beradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN