Yannik-Ferreyra Karrasko: "Atletiko" finaldagi ikki mag'lubiyatdan so'ng CHLni qo'lga kiritishga haqli"
11 avg 2020 10:21
Yangiliklar
Yannik-Ferreyra Karrasko: "Atletiko" finaldagi ikki mag'lubiyatdan so'ng CHLni qo'lga kiritishga haqli"
"Atletiko" yarim himoyachisi Yannik-Ferreyra Karrasko jamoaning joriy mavsum CHLdagi imkoniyatlarini baholadi.
- "Atletiko" og'ir ikki finaldagi mag'lubiyatdan so'ng CHempionlar Ligasida g'olib chiqishga loyiq. Birinchi finalda jamoa oxiriga qadar g'alaba qozonib, o'yin so'nggida gol o'tkazib yuborgandi, ikkinchisida esa penaltilar seriyasi. O'ylaymanki, "Atletiko" bu sovringa loyiq.
- Ish penaltigacha borganda omad "Atletiko"ga kulib boqmayapti. Agar bu yilgi chempionlik taqdiri yana penaltilar seriyasi orqali hal bo'lsa, tepishga jurat qilasizmi?
- Bilmadim, ko'ramiz. Menda penalti bo'lish-bo'lmasligini, yutish yoki yutqazishimizni ko'rsa bo'ladigan sehri shar yo'q. Avvalo finalga qadar bizni kutayotgan o'yinlarga etiborni qaratish lozim", - deydi Karrasko.
Fikrlar