Yanmat: "Nyukasl"ga Pardyu kerak, boshqasi emas"
29 okt 2014 15:07
Yangiliklar


Yanmat: "Nyukasl"ga Pardyu kerak, boshqasi emas"
Bugun "Nyukasl" ingliz liga Kubogi nimchorak final uchrashuvida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga chiqadi.
"Biz Pardyu ishlashini xohlaymiz, boshqasini emas. Buni isbotladik. Agar jamoa mag'lubiyatga uchrayotganda murabbiy bosim ostida qolsa, bu odatiy hol, ammo "Tottenxem" ustidan g'alaba qozonganimizdan so'ng Alanga bo'lgan bosim kamayishiga umid qilaman. O'sha o'yinning birinchi bo'limidan keyin murabbiyning rosa jahli chiqdi va bizga shunday dedi: "Agar mana shu o'yinni namoyish etaversangiz, bahslarda g'alaba qozona olmaysiz". Lekin ikkinchi taymdan keyin quyidagi so'zlarni aytdi: "Mana shuday o'yinni namoyish etsangiz, g'alaba qozona olasiz".
Liga Kubogiga keladigan bo'lsak, u juda muhim. Bu sovrinni "Nyukasl" 1969 yildan beri qo'lga kiritgani yo'q. Agar muvaffaqiyatga erishsak katta bayram bo'ladi. Muxlislar buni juda xohlashmoqda. Biz esa ishqibozlarga muhtojmiz. Ular qo'shimcha 12-futbolchi. "Tottenxem" bilan uchrashuvda ular bizni fantastik qo'llab turishdi" - deydi futbolchi.

Fikrlar