So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Yangilangan O'zbekiston terma jamoasini ilk jiddiy sinov kutmoqda Yangiliklar

Yangilangan O'zbekiston terma jamoasini ilk jiddiy sinov kutmoqda

Teglar :  Ashxobod-2017Futzal
Kecha Turkmanistonning Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlariga start berildi.


Hisob bo'yicha beshinchi Osiyo o'yinlarining futzal bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. "Ashxobod-2017"ning futzal bellashuvlari 16-26 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqada Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Xitoy, Afg'oniston, BAA va Maldiv terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston terma jamoasining "Ashxobod-2017"ga yo'l olgan tarkibi:

#   

Familiya va ism

Tug'ilgan sanasi   

Ampluasi

Klubi

1

Umarov Rustam

26.05.1984

Darvozabon

Ardus

2

Xazratqulov Akmal

31.03.1990

Darvozabon   

Do'stlik-AIN

3

Yunusov Artur

08.10.1987

O'yinchi

Olmaliq

4

Sviridov Konstantin

11.03.1988

O'yinchi

Olmaliq 

5

Abdumavlonov Farhod   

12.11.1987

O'yinchi

Olmaliq

6

Hamroev Ilhom

25.09.1997

O'yinchi

Ardus

7

CHoriev Davron

01.01.1993

O'yinchi

Ardus

8

Abdurahmonov Davron

19.11.1992

O'yinchi

Ardus

9

Faxriddinov Feruz

25.03.1991

O'yinchi

Do'stlik-AIN

10

Nishonov Husniddin

19.05.1998

O'yinchi

Nafis

11

Sadirov Timur

24.12.1990

O'yinchi

Ardus

12

Odilov Mashrab

15.08.1994

O'yinchi

Ardus

13

Rahmatov Anasxon

20.06.1994

O'yinchi

Ardus

14

Rahmatov Dilshod

04.12.1989

O'yinchi

Dalyan Puvan Anbo (Xitoy)   


Musobaqada 17ta jamoa 4 guruhga bo'lingan holda kurash olib boradi. Ikkita guruhda beshtadan, bitta guruhda to'rtta va yana bir guruhdan uch jamoa o'rin oldi. Aslida, "C" guruhida ham 4 jamoa bor edi, ammo musobaqa oldidan Indoneziya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar musobaqa rasmiy saytidagi taqvimdan olib tashlandi. O'z-o'zidan bu guruhda uchta jamoa qoldi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l olishadi. 1/4 final g'oliblari yarim finalga chiqishadi. 1/2 finalda g'alaba qozonganlar finalda chempionlik uchun kurashsa, mag'lub bo'lgan ikki jamoa bronza medallari uchun o'zaro bellashadi.

"Ashxobod-2017" futzal bahslari qurasi
"A" guruhi


Turkmaniston
Vetnam
Xitoy Taypeyi
Gongkong
Solomon orollari

"B" guruhi

O'zbekiston
Xitoy
Afg'oniston
BAA
Maldiv

"C" guruhi

Tailand
Yaponiya
Livan

"D" guruhi

Eron
Qirg'iziston
Iordaniya
Taiti



"Ashxobod-2017" futzal bahslari taqvimi
1-tur, 16.09.2017
"A" guruhi


16:45. Xitoy Taypeyi - Vetnam 2:1
19:00. Solomon Orollari - Gongkong 4:1

"B" guruhi

16:45. Afg'oniston - Xitoy 6:1
19:00. Maldiv - BAA 1:3

18.09.2017
"C" guruhi


13:15. Yaponiya - Livan

"D" guruhi

11:00. Eron - Taiti
13:15. Qirg'iziston - Iordaniya

2-tur, 18.09.2017
"A" guruhi


16:45. Solomon orollari - Xitoy Taypeyi
19:00. Gongkong - Turkmaniston

"B" guruhi

16:45. Maldiv - Afg'oniston
19:00. BAA - O'zbekiston

19.09.2017
"C" guruhi


13:15. Livan - Tailand

"D" guruhi

11:00. Taiti - Qirg'iziston
13:15. Iordaniya - Eron

3-tur, 19.09.2017
"A" guruhi


16:45. Vetnam - Gongkong
19:00. Turkmaniston - Solomon orollari

"B" guruhi

16:45. Xitoy - BAA
19:00. O'zbekiston - Maldiv

21.09.2017
"C" guruhi


11:00. Tailand - Yaponiya

"D" guruhi

11:00. Eron - Qirg'iziston
13:15. Iordaniya - Taiti

4-tur, 20.09.2017
"A" guruhi


16:45. Vetnam - Solomon orollari
19:00. Xitoy Taypeyi - Turkmaniston

"B" guruhi

16:45. Xitoy - Maldiv
19:00. Afg'oniston - O'zbekiston

5-tur, 21.09.2017
"A" guruhi


16:45. Gongkong - Xitoy Taypeyi
19:00. Turkmaniston - Vetnam

"B" guruhi

16:45. BAA - Afg'oniston
19:00. O'zbekiston - Xitoy

CHorak final, 23.09.2017

Yarim final, 24.09.2017

Uchinchi o'rin uchun va Final, 26.09.2017



O'zbekiston terma jamoasi Ashxoboddagi musobaqaga 2 oydan ortiq tayyorlandi. Bahodir Ahmedov qo'l ostida jamoamiz Tojikistonda mezbonlarga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. 24-31 avgust kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida yig'in o'tkazib, "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" klublariga qarshi to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazdi. Jamoada tarkib yoshartirildi. Yoshi katta futzalchilar o'rniga yosh futzalchilar terma jamoaga taklif etildi. Ashxoboddagi musobaqa yangilangan terma jamoa uchun ilk jiddiy sinov bo'ladi. "Ashxobod-2017"ning yana bir muhim jihati bu o'yinlar 2018 yilgi Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik vazifasini ham o'taydi. Oktyabr va noyabr oylarida qita birinchiligiga saralash bahslari bo'lib o'tadi. SHu sabab, jamoalar Ashxobodga asosiy tarkibni olib kelishgan.

Ushbu musobaqada shu kungacha faqat Eron terma jamoasi g'alaba qozongan. O'zbekiston esa 3 bor bronza medalini qo'lga kiritgan. 2013 yil Janubiy Koreyada o'tkazilgan musobaqada esa vakillarimiz chorak finalda keyinchalik kumush medalini qo'lga kiritgan Yaponiyaga yutqazib qo'ygan. Terma jamoamizning ayni paytdagi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida 2005 va 2009 yillarda ikki bor o'yinchi sifatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

Vakillarimiz "B" guruhidan joy olishgan. "B" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa "A" guruhining ikkinchi jamoasiga, "B" guruhida ikkinchi pog'onani band etgan terma jamoa esa "A" guruhi g'olibiga qarshi chorak finalda bahs olib boradi.


SHu o'rinda terma jamoamiz vakillarining musobaqa oldi fikrlarini ham keltirib o'tamiz:

Bahodir Ahmedov (O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi): "Ikki oydan ko'proq vaqt mobaynida ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rdik. Bunda terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi ispaniyalik Xose Mariya Pazos Mendezning taktikalaridan foydalandik. Himoyaviy va hujumkor taktikalarda Mendezning uslubini qo'llayapmiz, yani uning o'yin uslubini davom ettirmoqdamiz. Rossiyada o'tkazgan to'rtta o'rtoqlik o'yinimizda yangi tarkibdagi yigitlarni sinab ko'rdik, bunda natijaga emas o'yinni shakllantirishga asosiy etibor qaratdik.

Musobaqada oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo'ydik".



Artur Yunusov (O'zbekiston MTJ sardori): "Jamoamiz yoshardi, yangi murabbiy keldi. Rossiyada o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdik, unda yoshlarning harakatlari menga yoqdi. Oldimizga Ashxoboddagi musobaqada g'alaba qozonish maqsadi qo'yildi. So'nggi tayyorgarliklar Toshkentda olib borildi, mashg'ulotlarda taktika ustida ishladik.

Guruhda birinchi o'rinni olish kerak, shunda narigi guruhdagi ikkinchi o'rin bilan o'ynaymiz.

Yoshlardan Ilhom Hamroev, Davron CHoriev, Davron Abdurahmonov, Mashrab Odilov va Husniddin Nishonovlarning harakatlari yoqdi. Ular tajribali futzalchilarning o'rnini bosishadi deb o'ylayman. Ular Ashxobodda tajriba to'plashadi. Asosiy maqsadimiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish.

U erda yaxshi o'ynashimiz kerak. Xitoyda ham bizdagi kabi yangi avlod keldi. Ularni mag'lub etishimiz shart. Afg'oniston murabbiylari musobaqaga qaysi futzalchilarni olib kelishlarini bilmayman. Ko'pchilik bu musobaqaga ikkinchi tarkibni olib kelishadi yoki yoshlarni. Maldivni ham umuman bilmayman, ularga qarshi hech qachon o'ynamaganman. BAAda adashmayotgan bo'lsam murabbiy o'zgardi, tarkibida legionerlar ham bor. Aytganimdek, ko'p jamoalar u erga yoshlarni olib borishadi. SHu orqali Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishadi.

Muxlislardan bizni qo'llab turishlarini so'rab qolardim".




Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика