So’nggi yangiliklar

22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  0 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  0 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  0 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:18"Кристал Пэлас" — "Тоттенхэм". Лондон дербиси учун таркиблар маълум  0 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  0 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  3 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  8 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0

Yangiariqda yangi o'yingoh Yangiliklar

Yangiariqda yangi o'yingoh

O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlarga, ko'plab ibratli va xayrli ishlarga bosh-qosh bo'layotir.
Xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami - Mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligi arafasida Xorazm viloyatining Yangiariq tumani markazidagi “Yangiobod” mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi sport majmuasi aynan jamg'arma mablag'lari hisobiga bunyod etildi. “Xorazm Diyor Maks serviz” masuliyati cheklangan jamiyatining 80 nafardan ziyod ishchisi samarali mehnat qilishib, ushbu obektni qisqa fursatda, yani olti oy ichida qurib bitkazishga erishishdi. Quvonarlisi, majmua tasarrufida 50x90 metr hajmli suniy qoplamali o'yingoh ham mavjud. Ochig'i, bunday katta o'lchamli suniy qoplamali o'yingoh nafaqat Yangiariqda, umuman Xorazm vohasida yo'q edi. Endilikda, tuman markazida katta futbol uchrashuvlarini o'tkazish imkoni tug'ildi.

Sport majmuasini ochilish marosimida qatnashgan Xorazm viloyati hokimi Po'lat Bobojonov, O'zbekiston xalq artisti Sanat Devonov Prezidentimiz rahbarligida diyorimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida to'xtalishib, Yangiariq tumani ahlini yangi sport koshonasi bilan muborakbod etishdi.

Tadbirda O'zbekiston xalq artistlari Gulora Rahimova, aka-uka G'ofur va G'ulom Eshjonovlar, shuningdek Yangiariq tumani madaniyat va sport ishlari bo'limining badiiy havaskorlari va yosh istedodli xonandalari kuylagan qo'shiqlar davraga bayramona kayfiyat ulashdi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика