Yangi stadion qurish uchun "Everton"ga ruxsat berildi
16 sen 2014 15:28
Yangiliklar


Yangi stadion qurish uchun "Everton"ga ruxsat berildi
"Everton" Liverpul shahrining shimoliy qismida yangi stadion qurishni rejalashtiryapti.
Malumotlarga ko'ra, shahar kengashi ularga Uolton Xoll Park tumanida maydon qurishga ruxsat berishdi. Rahbarlarning rejasiga ko'ra, "Everton"ning yangi 50 minglik stadioni tumanning rivojlanish markaziga aylanadi. Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati yangi qurilish rejasi va investorlarni izlashni boshlaydi. "Everton"ning hozirgi "Gudison Park" stadioni dunyodagi eng yoshi katta maydonlardan hisoblanadi. Bu stadion 1892 yilda qurilgan va 41 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Fikrlar