So’nggi yangiliklar

16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  28 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  1 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  12 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  67 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   20 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  30 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  3 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1

Yangi qiyofadagi “Markaziy” stadion yana muxlislarni o'z bag'riga chorladi+FOTO Yangiliklar

Yangi qiyofadagi “Markaziy” stadion yana muxlislarni o'z bag'riga chorladi+FOTO

2016 yilning 30 iyun sanasida O'zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Tashrif doirasida Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionga borgan davlatimiz rahbari  stadionni rekonstrukciya qilish, sportchilar va tomoshabinlar uchun qulayliklarni yanada oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo'yicha zarur tavsiyalar bergandi.  Oradan roppa rosa bir yil o'tib, 2017 yilning 30 iyun sanasida "Markaziy" stadion yangi qiyofada muxlislarni o'z bag'riga chorladi.

Bir yilga yaqin davom etgan qurilish-tamirlash ishlaridan stadion zamonaviy ko'rinish kasb etdi. Ilgari 16 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dirgan stadionda endilikda 22 mingdan oshiq tomoshabin futbol uchrashuvlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Stadion minbarlari Evropaning zamonaviy stadionlaridagi singari futbol maydoniga yaqinlashtirildi. Qurilish-tamirlash ishlari “Nasaf” jamoasi muassisi, yurtimizdagi yirik sanoat korxonasi hisoblanmish SHo'rtangazkimyo majmuasi qurilish brigadasi tomonidan amalga oshirildi.

O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida “Nasaf”-“Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvi aynan ushbu stadionda bo'lib o'tdi. Bungacha tamirlash ishlari bois “Nasaf” futbolchilari uy uchrashuvlarini G'uzor “Markaziy” stadionida o'tkazib kelishayotgandi. “Nasaf”chilar joriy mavsumda Qarshida o'tkazilgan ilk uchrashuvda raqiblarini yirik hisobda mag'lub etib, stadionga yig'ilgan ko'p ming sonli muxlislarni xursand etishdi. Umid qilamizki, ushbu muhtasham inshoot yillar davomida qarshilik sportsevarlarning sevimli maskaniga aylanadi va ular bu erda o'z jamoalarining ko'plab g'alabalariga guvoh bo'lishadi.

Aziz NURIY.





Suratlar muallifi -Sardor NUROV ("Nasaf" PFK matbuot xizmati).


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика