So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  15 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  2 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  2 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

Yangi Messini izlab... Yangiliklar

Yangi Messini izlab...

Argentinalik "Barelona" yulduzi Leo Messi hozir ayni kuchga to'lgan yoshida, ammo hozirdanoq unga o'rinbosar qidirishmoqda.
Yangi Messilarning o'nligini taqdim etamiz.

Lusiano Vetto


21 yoshli argentinalik Evropada ancha mashhur bo'lishga ulgurdi. U o'tgan mavsumni "Vilyarreal" safida o'tkazdi va Ispaniya chempionatining 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 12ta gol urdi. Yozda esa "Atletiko" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Madrid klubi futbolchi uchun kurashda "Vilyarreal"ga 20 mln. evro to'lab "Liverpul"dan ustun keldi. Dekabrda Vetto Primeroning oy futbolchisi bo'ldi. Argentinalik o'z mamlakatining yoshlar terma jamoasiga chaqirildi.

Kristian Atsu


23 yoshli vinger "CHelsi"ga tegishli, ammo u yangi mavsumda "Bornmut"da o'ynaydi. Bungacha London klubi Atsuni ikki marta ijiraga berib yuborgan. Birinchi yil "Vitess"da ko'p maydonga tushgan bo'lsa, kelasi yil "Everton"da Kristianning ishlari o'xshamadi. Ammo Atsu Gana terma jamoasining yulduzi. SHu yilning fevral oyida uni Afrika Kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Atsu faoliyatini "Portu"da boshlagan.

Alen Xalilovich


Xorvatiyalik iqtidor endigina 19 yoshga to'ldi,ammo u "Barselona"ga o'tishga ulgurdi. Xalilovich Zagrebning "Dinamo" klubida ikki yil juda yorg'in o'yin ko'rsatganidan so'ng, 2014 yilning yozida "Barselona" u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. SHu bilan birga, Alen Xorvatiya terma jamoasi safida ham debyut qildi. Xorvat tajriba to'plashi uchun uni "Barselona B"ga yuborishdi va Alen ushbu jamoa safida 30ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi. Xalilovich futbolchilar oilasidan. Uning otasi Seyad Xalilovich 1990 yillarning ikkinchi yarmida Bosniya va Gercegovina terma jamoasida o'ynagan.

Paolo Dibala


"Yuventus" 21 yoshli futbolchini "Palermo"dan xarid qilish uchun 32 mln. evro sarfladi. Bu futbolchini ham Messiga o'xshatishadi. Dibalaning o'zgacha o'yin uslubi va texnik qobiliyati uchun uni o'z mamlakatida Javohir deb atashadi. Paolo o'tgan mavsumda A Seriyaning 34ta uchrashuvida ishtirok etib, 13ta gol urdi va 10ta golga hammualliflik qildi. Dibala "Yuventus" safida Karlos Tevesning o'rnini egallashi kutilyapti. U hozircha Argentina terma jamoasiga chaqirilgani yo'q, shu sababli futbolchi buvasining mamlakati Italiya va Polsha unga ko'z tikyapti.

Martin Edegor


Iqtidorlik norvegiyalik 15 yoshida professional faoliyatini boshlagan. U "Stremgodset" safida 23ta ishtirok etib, 5ta gol uradi va Evropa top-klublarining etiborini o'ziga qaratib oladi. 2015 yilning yanvarida Edegor 2,25 mln. evro evaziga "Real"ga o'tadi. Hozir futbolchi 16 yoshda, ammo uning Madriddagi faoliyati oson kechayotgani yo'q. U asosiy jamoa bilan shug'ullanib, uchrashuvlarda ishtirok etmoqchi, ammo murabbiylar uni faqat "Kastilya"da ko'rishyapti. "Norvegiyalik Messi" ijaraga berib yuborilishi mumkin.

Zak Gilsenan


Zak Gilsenan bor-yo'g'i 11 yoshda, ammo u irlandiyalik Messi nomiga ega bo'lishga ulgurdi. Gap faqatgina uning iqtidorida emas, Gilsenan "Barselona" futbol maktabida shug'ullanadi. Zak o'z kumirining yo'lidan yurishi mumkin. 2012 yilning yozida Gilsenan Kataloniya klubining yig'inida ishtirok etib, er yuzining hamma joyidan kelgan 400 bolakaylar ichida eng yaxshilardan biri bo'lgan.

Takefusa Kubo


"Barselona" Messining yana bir izdoshini Yaponiyadan topdi. 2011 yilda Kataloniya klubi o'z akademiyasiga hujumchi Takefusa Kuboni olibkeladi. CHapaqay yigitcha endi 18 yoshigacha "Barselona" safida to'p tepa olmaydi. CHunki Kataloniya klubi yosh futbolchilarning transferi borasidagi qonunni buzgan.

Iker Moreno


11 yoshli meksikalik bolakay o'z mamlakatida "Yangi Messi" nomini oldi. Hozircha Moreno haqida ko'p narsani bilmaymiz, ammo Luish Figu uni "Real"ga taklif qilgan. Afsonaviy portugaliyalik kuchli texnikaga ega Morenoni ko'rib hayratda qolgan. Moreno hech bo'lmasa professional bo'lib etishini vaqt ko'rsatadi, ammo uning ko'rsatkichlari juda yuqori. Ispan sport saytlari ushbu bolakayning videolarini taqdim etishgan.

Klaudio Nankufil


"Barselona" va "Real"ning doimiy raqobati, transfer bozorida ham bilinadi. 2014 yilning yanvarida Kataloniya klubi va madridliklar o'z akademiyalariga Klaudio Nankufilni olib kelish uchun kurashishlari malum qilingan edi. 10 yoshli bolakay Argentinaning Bariloche shaharchasida yashaydi. U o'z yoshi uchun hayratlanarli ishlarni bajaradi va shu sababli uni qorli Messi deyishadi. Bunga sabab u yashaydigan joyda mashhur tog'-chang'i kurorti bor.

Li Ming

Xitoyda milliarddan ko'proq odam bor va ular o'zlarining Messisiga ega. Futbol mutaxassislari Cindao shahar akademiyasida 15 yoshli Li Mingni payqab qolishadi. Videoda uning takrorlanmas texnikasi va etakchilik qobiliyatlari ko'rinib turardi.  Bir necha yildan so'ng "xitoylik Leo" o'z mamlakatiga etishmayotgan kuchli futbolchiga aylanishi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика