Yangi mavsumdagi "El-Klassiko"lar sanasi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
24 iyul 2018, 17:41
Bugun LaLiganing yangi mavsumi taqvimi e'lon qilindi.

Taqvimga ko'ra, "Barselona" hamda "Real" o'rtasidagi birinchi "El-Klassiko" LaLiganing 10-tur uchrashuvlari doirasida 28 oktyabr "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

Mavsumning ikkinchi qismidagi grandlar jangi mart oyida o'tkaziladi. Bahorning 3-kunida (3 mart) "Santyago Bernabeu" stadionida "Real" "Barselona"ni qabul qiladi. Bu bahs Ispaniya chempionatining 26-tur uchrashuvlaridan biri hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia