So’nggi yangiliklar

08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  0 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  1 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  3 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  5 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5

Yangi mavsum oldidan "Bunyodkor" klubi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Yangi mavsum oldidan "Bunyodkor" klubi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Tadbirda klub bosh direktori Murod Aliev va bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

"Barchani yangi mavsum bilan chin qalbimdan tabriklayman. O'tgan yil klub OCHLga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Muxlislar oldida qarzdormiz. O'FA rahbariyati tomonidan qilinayotgan ishlar judayam katta. Ular o'zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqishni istashmoqda. Futbolimiz rahbarlari Olimpiada va Jahon chempionatiga yo'llanma olishi uchun harakat qilinmoqda.

Yangi mavsum oldidan o'z akademiyamizga etibor qaratamiz. Mirjalol Qosimov bilan maslahatlashib asosiy urg'uni akademiyamizga qaratishga qaror qildik. Hozirda ichki muhitda qiyinchilik bor. Homiylarimiz maoshlarni to'lab berishgan. Ammo mukofot pullari borasida ozgina uzilish bo'ldi. Bu yaqin vaqt ichida hal bo'ladi deb umid qilaman. Biz mavsumga 100 emas 150, 200 foiz tayyormiz. Qiyinchilikka qaramay o'ynagan yigitlarga rahmat aytaman. Har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik qilamiz va futbol mahoratimizni ko'rsatishga urinamiz", - deydi Murod Aliev.



"Mavsumga yaxshi tayyorlandik. O'tgan yil 4 dekabr kuni O'zbekiston kubogi finalidan so'ng tatilga chiqqandik. 22 dekabrdan 30 dekabrga qadar tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdik. Yanvar oyida o'z qarorgohimizda ishladik. 8-22 fevral kunlari Dubayda yig'in o'tkazdik. O'ylaymanki yig'inlarimiz yaxshi o'tdi. Yigitlarimiz 80 foizga tayyor. Sababi hali chempionatimiz boshlanmadi. Har bir joyda muammolar bor. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifa maydonga tushgach muxlislarga yoqadigan tezkor o'yin ko'rsatish va imkon qadar akademiyamiz futbolchilaridan foydalanishga harakat qilamiz. Yaxshi futbolchilarni taklif qilish uchun yaxshigina mablag' kerak. Klub imiji uchun har bir futbolchi jonini berib o'ynashi kerak. Yomon jamoa yig'ilmadi. Hamma futbolchilar mavsumga tayyor", - deydi Mirjalol Qosimov.


- Nimaga aynan Rayevac tanlandi?
Mirjalol Qosimov: - U o'tgan yil qo'qonliklar safida o'ynaganida bizning o'yinimizga to'la tushishini bilgandim. U to'pni oldirib qo'yganida himoyaga ham qaytadi va jamoaga yordam beradi. Rayevac o'rtoqlik uchrashuvlarida ko'plab gollar urdi.

- Ahmadaliev borasida nima deya olasiz?
Murod Aliev: - O'FAning qaroriga ikki tomonlama qaraymiz. Birinchi tomondan halollik borasida O'FAning qarorlarini to'g'ri ekanligini tan olamiz. Ammo Muhtaram Prezidentimiz ham ko'p bor afv qilish haqida ko'p gapirayaptilar. Ahmadalievni kechirishlari mumkin deb o'ylab Dubaydagi yig'inga olib ketgandik. Umid qilamanki, Ahmadjonov va Omon G'ofurov mana shu yigitni kechirishadi. Hech bo'lmasa jazoni engillashtirishadi.

- "Navbahor" va "Neftchi" klublari yangi mavsum oldidan o'z oldiga chempionlik vazifasini qo'yishdi. "Bunyodkor"ning maqsadi qanday bo'ladi?

Murod Aliev: - Biz har qanday vaziyatda ham g'alabaga intilamiz. Pul bo'ladimi yoki bo'lmaydimi buni farqi yo'q. Eng asosiy vazifamiz OCHLga yo'llanma olish va eng oliy maqsadlarga intilamiz.

Mirjalol Qosimov: - Maqsad terma jamoalarga futbolchilar etishtirib berish. Har bir terma jamoada o'z futbolchilarimiz bo'lsa bu bizning yutug'imiz bo'ladi.

Murod Aliev: 
- Har bir klub o'z o'zini boqa olishi kerak. Muxlislar orqali yoki futbolchilarni tarbiyalab transfer qilish orqali pul ishlab topish mumkin. "Paxtakor"ning hozirgi sharoitlariga havas qilish mumkin. Ammo ertaga bizning yigitlar ularga qarshi o'ynasa shunchaki taslim bo'lishmaydi. Akademiyamizni tubdan o'zgartirdik.



- Klub akademiyaga urg'u bermoqda deb aytdingiz. Ammo o'tgan yil SHomurodov, bu yil Hamdamovning "voqea"lari sodir bo'ldi.

Murod Aliev: - Hamdamov ayni paytda "Anji"da. Uning shartnomasida 300 ming Evro tovon puli yozib qo'yilgan. "Anji"dan xat kelgani rost. Ammo "Bunyodkor" klubi prezidenti Ashurov Ulug'bek Hamdamov jamoada qolishini istadi. Buni "Anji"ga malum qildik. Uni 13 yoshidan akademiyada tarbiya qildik. Tarbiyalash uchun FIFA tomonidan belgilangan qo'shimcha pul so'radik. "Anji" bunga rozi emas. Bu hamma joyda bor. Agentlar Hamdamovning boshini aylantirishdi.

Mirjalol Qosimov: - Hamdamovning 2018 yil oxirigacha shartnomasi bor edi. To'g'ri futbolchilik hayoti qisqa, akademiyada tarbiya topdi, "Bunyodkor"da shakllandi. Six ham, kabob ham kuyishi kerak emasdi. Agar "Anji" klubimiz so'ragan pulni to'lasa bu Hamdamov uchun ham, "Bunyodkor" uchun ham foydali bo'lardi. O'zim ham Rossiyada o'ynaganman, kuchli chempionat ekanligini bilaman. Hozir o'rgatadiganlar ko'payib ketgan. O'zim ham "Paxtakor"da o'ynab yurganimda yo'q shartnomaga qo'l qo'ygandim. SHunda xorij klublari men uchun pul to'lashandi. Buni o'sha paytda klubda ishlagan Asqar Tolibjonov ham biladi.

- "Metallurg" klubidan ikki futbolchi transfer qilindi. Ularga "Bunyodkor"ning "toshi" og'irlik qilmaydimi?

Mirjalol Qosimov: - Ularga ishonmaganimda jamoaga taklif qilmasdim. Nasib qilsa yil oxirida ular o'z o'yinlari orqali muxlislar yoqimtoyiga aylanishadi.


- Sardor Rashidovni qaytarishga harakat qilmadinglarmi?

Mirjalol Qosimov: - Harakat qildik. U erkin agent bo'lib turgan paytda unga murojaat qildik. SHaxsan o'zim emas, balki Murod Aliev u bilan bog'lanib, Rashidovga kerak bo'lsa mashg'ulotlarda ishtirok etish taklifini ham qilganlar. Lekin bilishimcha, Rashidovga "Lokomotiv" va "Paxtakor" tomonidan ham qiziqish bo'lgan. U esa qaysi jamoa OCHLga yo'llanma qo'lga kiritishini kutdi va "Paxtakor" ham OCHL guruh bosqichiga chiqa olmagach, "Loko"ni tanladi.

Murod Aliev: - Futbolchi insoniylik jihatdan ham qadrdon jamoasiga qaytishi mumkin. Futbolchi nafaqat kuchli futbolchi, balki yaxshi inson ham bo'lishi kerak.

- Ketgan futbolchilar haqida malumot bersangiz.
Murod Aliev: - Asosan futbolchilarimizni ijaraga berdik. Norxonov, Azimov va To'xtasinovni "So'g'diyona"ga ijaraga berdik.


Murodjon Toshmatov - 11-raqam



Mirg'iyos Sulaymonov - 20-raqam


Filip Rayevac - 99-raqam



Narzulla Saydullaev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика