So’nggi yangiliklar

14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  0 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  8 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  6 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15

Yangi logotip ishlab chiqish payti keldi... Yangiliklar

Yangi logotip ishlab chiqish payti keldi...

Teglar :  O'zbekiston Kubogi
O'zbekiston Kubogi-2016 final uchrashuvi yaxshi kayfiyatda, yuqori darajaga yaqin o'tdi.


Samarqand shahri, xususan O'FF, PFL va "Dinamo" klubi mutasaddilari finalga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgani sezilib turdi.

Masalan final oldidan qorga burkanib qolgan stadion qordan tozalandi. Bu endi odatiy holat bo'lishi kerak. Ammo Toshkentdagi o'tish o'yinida bo'lgani kabi holatdan kelib chiqib aytiladigan bo'lsa, unda bu jihat ham alohida etiborga molik bo'lib qolgandi. Quyida hamkasbim Narzulla Saydullaev finaldagi ijobiy taraflarini keltirib, o'rinli maqtadilar. Lekin bazi kamchiliklar ham yo'q emasdi. Masalan, o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida internet tizimi hali media-markazga o'rnatilmagandi. Barcha joyda bo'lgani kabi final oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumanida  bosh sovrin, yani kubok anjumanlar zaliga qo'yilishi kerak edi. O'yin kuni internet, yani "WiFi" uchrashuv boshlanishi bilan deyarli ishlamay qoldi. Bu kamchiliklar bartaraf etilmagani albatta bizlarga bazi noqulayliklarni keltirib chiqardi.

SHuningdek, yana bir jihat, O'zbekiston Kubogi musobaqasi uchun yangi, alohida logotip ishlab chiqilishi kerak. O'zbekiston kubogi PFL bayrog'i ostida o'tishi baribir g'alatiroq ko'rinmoqda. Barcha davlatlarda mamlakat kubogi chempionat bayrog'i ostida o'tmaydi. Masalan Ispaniyada mamlakat kubogi La Liga bayrog'i ostida emas, balki "COPA DEL REY" logotipi ega. Yoki Germaniya Kubogi Bundesliga bayrog'i ostida o'tkazilmaydi. Bularning barchasi professionallik.
Umid qilamizki, kelasi mavsumda ushbu jihatlarga ham alohida etibor qaratiladi va ushbu kamchiliklar ham bartaraf etiladi.

Umumiy hisobda kechagi final o'yini tashkiliy jihatdan ancha yaxshi saviyada o'tkazildi. Buning uchun O'FF, PFL, "Dinamo" klubi va stadion mamuriyati va Samarqand shahriga alohida tashakkur.

PFL Kubogida ham, Oliy ligada ham, O'zbekiston kubogida ham PFL logosi...


SHahboz Beg'amov

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика