Yana ikki kundan keyin boshlanadigan K-liga haqida nimalarni bilamiz?

Xayrulla Xoliqov
6 may 2020, 16:16
8 may kuni Janubiy Koreyada navbatdagi mavsumga start beriladi.

Aftidan u yerda koronavirus bilan bog'liq vaziyat ancha yumshagan ko'rinadi. Shu bois futbol rahbarlari K-liga bahslarini boshlashga ruxsat berishdi. Shu o'rinda Janubiy Koreya futboli haqida bazi ma'lumotlarni savol-javob shaklida keltirib o'tamiz. 


Savol: K-liganing amaldagi g'olibi kim?

Javob: "Chonbuk Motors". Bu jamoa o'tgan yil o'z tarixida ettinchi bor mamlakat chempioni bo'ldi. 


Savol: 2019 yil yakunlariga ko'ra, K-ligada kim eng yaxshi futbolchi deb topildi?

Javob: Chempionatda 13ta gol urgan va bir nechta golli to'p uzatgan "Ulsan Xyunday" futbolchisi Kim Bo Kyung o'tgan yilning eng yaxshisi deb topildi. 


Savol: Bu qaysi jamoaning stadioni?

Javob: Bu "Inchon Yunayted" klubining uy stadioni bo'lib, 2012 yil may oyida foydalanishga topshirilgan. Stadion o'z bag'riga 20,891 muxlisni sig'dira oladi. 


Savol: K-liga tarixidagi eng yaxshi to'purar kim?

Javob: Li Dong Guk. 41 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida K-ligada 224ta gol urgan. 


Savol: K-liga tarixidagi eng yaxshi xorijlik to'purar kim?

Javob: Chernogoriyalik hujumchi Deyan Damyanovich. 38 yoshli Damyanovich hisobida hozircha 189ta gol bor. Bu futbolchi "Tegu" sharafini himoya qilmoqda. 


Savol: Koreya professional ligasi qachon tashkil topgan?

Javob: Koreya professional ligasi 1983 yilda tashkil topgan bo'lib, 1998 yildan beri K-liga deb yuritiladi. 


Savol: K-liga tashkil topishida qaysi klublar asosiy rolni o'ynagan?

Javob: "Jeju Yunayted", "Poxang Stilers" va "Pusan Ipark" klublari asosiy rolni bajargan. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia