So’nggi yangiliklar

22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  3 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5

Yana bir qadam va Sen mashhursan! Yangiliklar

Yana bir qadam va Sen mashhursan!

2018 yil yanvar oyida Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida Yaponiyaga qarshi o'yindan oldin O'FAning o'sha paytdagi rahbari Umid Ahmadjonovga aytgan holda xat yozgandim.

Xat yozishimga asosiy sabab, biroz avval Aktobe yo'lida sodir bo'lgan mashum voqea bo'lgandi. O'shanda ko'pchilikning kayfiyati tushib ketgan mahal. G'alaba biroz chalg'itishi mumkin bo'lgan vaziyat. Xatim futbolchilarga etarlicha tasirli etib borishi uchun, jamoa video operatori Jamoliddin akadan o'qib berishlarini so'raganman. CHunki o'sha paytda, undan boshqa hech kim bu xatni tasirli qilib o'qib bera olmasdi. Keyin Jamoliddin akam bilan ko'rishganimizda, xatni ko'z yosh aralash o'qigani, uning tasiri natijasida futbolchilarda maydonga boshqacha alam bilan tushishganini ko'rganini aytib bergandi. Bu bilan birgina xat tufayli g'alaba qozonib ketganmiz demayman. Bu bir sabab xolos. Buni bugun aytishimdan maqsad, shu musobaqaga borgan futbolchilardan aksariyati kuni kecha olimpiada saralash o'yinlariga so'nggi tayyorgarlik o'quv-yig'in mashg'ulotlariga yo'l oldilar. Bugungi murojaatim to'g'ridan-to'g'ri futbolchilarimizga. Tushunib turibman, buni o'zlari ham mensiz yaxshi tushunib turibdilar.  Lekin biroz gaplarimni aytib olsam...


Hurmatli futbolchilar!

Futbolda O'zbekiston ishtirok etmagan ikkita musobaqa bor, biri azaliy orzumiz jahon chempionati bo'lsa, ikkinchisi Olimpiada! Aslida Olimpiada o'yinlariga Evropa ko'p ham jiddiy ahamiyat bermaydi, lekin rivojlanayotgan bizdek davlat uchun bu o'ta muhim musobaqalardan biri. O'zbekistonning dovrug'ini dunyoga tanitishda, transfer eshiklarini ochish uchun ham juda muhim.

Guruhdan chiqib olsak, yana bor-yo'g'i bitta o'yin bizni Olimpiadaga eltishi mumkin (Yaponiya ham 1/2 finalga chiqsa). Futbol ichida shuncha yildan beri yursam, birinchi marta Olimpiya terma jamoasiga bunchalik sharoit qilib berganini ko'rdim. Moddiy taminotdan uzilib qolgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasining negizini tashkil qilib turgan "Nasaf" jamoasining byudjeti hukumat doirasida hal qilindi. Nafaqat "Nasaf", balki boshqa klublarga ham moddiy yordam qilinganini ko'rdim. Bunaqasi yaqin orada bo'lmagan edi.

Buni barcha birdek his qilib turgani aniq. Ayniqsa murabbiylar shtabi qattiq mehnat qilishdi. Bu erda hech qanday mukofot haqida gap bo'lishi mumkin emas, bu erda tarixga kirishdek buyuk ish kutib turganini futbolchilarimiz tushunib turishibdi deb o'ylayman. 200 nafarga yaqin muxlis mana shu musobaqaga borishga tayyorgarlik ko'ryapti, ular Sizlarni bevosita stadionda qo'llab-quvvatlab turishadi. Yana millionlab muxlislar uylaridan...

SHunchaki bir yaxshilab harakat qilib ko'ring. To'g'ri, oson bo'lmaydi. Lekin ishga masuliyat bilan yondoshib, har bir o'yinni, hayot-mamot jangi kabi munosabat qilib o'ynaylik, bu erda qilinayotgan duolar albatta ijobat bo'ladi. Ishoning, dunyo bizga boshqacha qaray boshlaydi.

Avvaldan rahmat, Sizlarga!

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика