So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  8 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  7 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  0 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1 18:45Расман: "Фулхэм" "Арсенал" футболчисини харид қилди  0 17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  3 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2

Yana bir necha soatdan so'ng 1/2 final! Yangiliklar

Yana bir necha soatdan so'ng 1/2 final!

Aslida PFL klublar bilan kelishib, avvalgi mavsumda to'rtlikka kirgan jamoalarga navbatdagi kubok bahslarida yarim finalga yo'llanma berib qo'yaversa bo'ladi.

Bir marta "SHo'rtan"ning finalga etib kelganini inobatga olmasa so'nggi yillardagi yarim final juftliklari yillar davomida o'zgarmay kelyapti. Qolaversa, o'rtamiyona jamoalarning birinchi liga vakillariga atayin yutqazib berishlari urf bo'ldi. Aslida O'zbekiston Kubogi OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun eng oson yo'l.

Odatdagidek 2015 yilgi mavsumda ham "Nasaf", "Lokomotiv", "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari yarim finalga yo'l oldilar. Qura ham mazkur jamoalarning avvalgi yilda qayd etgan natijalaridan kelib chiqib tashlanadi. Yani, ular yarim finalga qadar uchrashmaydilar. Agar Angliyaga o'xshab avvalgi yilgi natijaga qaralmaganida bu jamoalar 1/16, 1/8 yoki 1/4 finallaridayoq bir "setka"ga tushishlari mumkin bo'lardi.

Qisqasi, bugun Qarshi va Toshkentda yarim finallarning dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.



Qarshida "Nasaf" kubokning amaldagi sohibi "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Abramov va Berdiev tomonidan tashkil etiladigan o'yinlar bir-biriga o'xshab ketadi. Ikkisining jamoasi ham pas o'ynashni yaxshi ko'radi. Buni qarangki, bugun ikkisining ham muammosi bir, markaziy himoyachilar. Hozirgi "Lokomotiv"da Jasur Hasanov, Ikrom Aliboev va Dilshod Rahmatullaev boshqalarga nisbatan bir kalla ustun harakat qilyapti. "Nasaf"ni esa Gevorkyan xavotirga solyapti. Lekin uning o'rniga xuddi shunday hajmdagi ishni SHohruh Gadoev bajaryapti. Qanotdagi SHuhrat Muhammadievning ham o'yini chakki emas.

Qarshidagi o'yin final taqdirini hal qilmaydi. "Nasaf" qarshi hujumda o'ynab, birinchi bo'lib gol urishning uddasidan chiqsa "Lokomotiv"ni mag'lub etish oson bo'ladi. "Neftchi" va "Metallurg"ga qarshi o'yinlar shuni ko'rsatdi-ki, gol o'tkazib yuboradigan "Lokomotiv" bor etiborini hujumga qaratadi.

Xuddi shunday birinchi gol "Lokomotiv" foydasiga xizmat qilishi tayin. Gol urib olgan jamoa ikkinchi o'yin oldidan ustunlikka ega bo'ladi va bor etiborini himoyaga qaratadi.

Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar:
X. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), Z. Qodirov (Navoiy)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Imkoniyatlar: 50:50%



Ikki jamoa ham Toshkentniki, uyda o'ynaydimi, safardami farqi yo'q. Bari bir bugunga kelib Toshkent stadionlari huvillab ulgurdi. Bunga poytaxt jamoalarining o'zlari aybdorlar. Toshkentda ko'ngil ochar joylar ko'payib ketdi, to'g'ri, bu esa raqobat degani. Qani, raqobatni engib chiqib, ko'chada ko'ngil ochishni niyat qilib yurgan kishilarni stadionga chorlang! Buning uchun ishlash kerak, marketingni rivojlantirish lozim. Toshkent stadionlarida bironta kishi o'zini yaxshi his qilmaydi. "Bunyodkor"ga endi kishi o'rganganida stadion yana nomalum muddatga yopilib qolyapti. Xullas, muammo etarlicha...

Bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, Grigoryanni ustidan kulganlar bo'ldi, u avval ayollar jamoasidagi ishlagani sababli. Lekin uning kelishi "Paxtakor" o'yiniga o'zgartirish kirita oldi. Avvalgidek bir hujumchi taktikasini ikki hujumchiga almashtirdi. Jamoasi ko'p gol ura boshladi. "Paxtakor" bitta tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynashni boshlayapti. Endi Kozak ko'proq oldinga chiqyapti. Bahodir Pardaev 2014 yilgi imoniyatiga ega bo'ldi.



"Bunyodkor"da esa himoyada biroz muammo mavjud. Yoshlar jiddiy raqibga qarshi qiynalishi mumkin, etakchilarning esa jismoniy holati 90 daqiqaga etmasligi mumkin. Lekin hujum chizig'ida aynan "Paxtakor"dagi kabi yoshlar o'yin tizginini o'z qo'llariga ola bilyaptilar. Javlon Ibrohimov katta yo'qotish, bugun aynan u jamoaga etishmasligi mumkin. Sato esa to'p bilan yaxshi muomala qilgani bilan yakka kurashlarda sust harakat qilyapti. So'nggi turda jarohat olgan Merzlyakov qanday ahvolda qaytishi ham nomalum.

Qisqasi bugun onda sonda bo'lib turadigan ikkita qiziqarli o'yin bo'ladi. Ikkisini esa "Sport TV" efirga uzatadi. Demak, tomosha qilamiz!


Paxtakor (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), M Muhamedov (Toshkent vil.)
Nazoratchi:
A. Abdullaev (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55:45%



P.S: Oliy ligada kelishilgan o'yinlar yana paydo bo'lgan ko'rinadi. SHuning uchun turdan avval imkoniyatlarni yozish bekor qilindi. Sen bu erda o'yinga munosib baho bersang-u, u erda teatr tashkil etilgan bo'lsa...
Afsuski isbot yo'q!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика