So’nggi yangiliklar

14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  0 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  21 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  2 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  23 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2

Yana bir futbol fidoyisidan ayrildik Yangiliklar

Yana bir futbol fidoyisidan ayrildik

O'tgan hafta o'zbek futboli yana bir o'z fidoyisidan ayrildi.

O'lim haq, uning oldida barchamiz ojizmiz va bunga hamma tayyor turishi kerak, ammo kecha yoningizda bo'lib, sizni qo'llab turgan inson erta tongda hayot bilan vidolashsa, buni qabul qilishingiz qiyin bo'lar ekan. 

Mashum xabar!
Juma, 2 oktyabr kuni kasbim yuzasidan Jizzaxning Zomin shahriga bordim. 1-liga vakili “Oq-tepa” jamoasi shu kuni mahalliy “Zomin” klubiga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Bellashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv tempiga mos bo'lmagan, o'yin atmosferasini his qilmagan hakamlar brigadasi mehmonlarni butun 90 daqiqa davomida juda ko'p marta asabiylashishiga sabab bo'ladigan qarorlarni qabul qilishdi. Natijada “Oq-tepa” futbolchilaridan tortib, murabbiylar shtabida o'tirgan barcha birdek asabi buzildi. Uchrashuvda “Zomin” g'alaba qozondi. Asabbuzarliklar o'yindan keyin ham davom etdi. CHunki mehmonlar Reglamentga muvofiq o'yin video yozuvini so'rashdi. Boisi, hakamning ayrim qarorlariga jiddiy etiroz bor, xususan, “Oq-tepa” darvozasiga belgilangan penalti mehmonlar nazarida haddan tashqari shubhali edi. Biroq mezbonlar har xil bahonalar bilan na uchrashuv nazoratchisining va na mehmonlarning talabini qondirishmadi. Oqibatda asablar yanada taranglashdi. Taranglashgan asablar bilan kechki ovqat ham ko'ngilga sig'madi. Garchi jizzaxcha palov tanavvul qilingan bo'lsa-da, bu asablarni tinchlantirmadi. SHu tariqa Jizzaxdan poytaxtga qaytildi.



SHanba, 3 oktyabr erta tongda telefonim jiringladi. Uyqudan ko'zimni ochib, telefonga javob bergunimga qadar qo'ng'iroq yakunlanib, xabar keldi. Xabarda quyidagi so'zlar yozilgandi: “Farhod Abdurasulov vafot etdi. Etib kel!”. Ochig'i, xabarni o'qib bir necha daqiqa o'zimni yo'qotib qo'ydim. SHokka tushib qolganimdan birin-ketin bo'lgan qo'ng'iroqlarni eshitmay qolibman. So'nggi qo'ng'iroq futbolchidan bo'ldi. U ham eshitgan xabari rost yoki yolg'onligini tasdiqlash uchun kaminaga qo'ng'iroq qilgan ekan. SHu tariqa eshitgan xabarim yolg'on bo'lib chiqsaydi, deya ishga yo'l oldim. Ammo ishga borganimda hammasi rost ekanligi tasdiqlandi. Biroq baribir kishi salkam to'rt yildan beri yaqindan bilgan, oxirgi uch mavsumdan buyon birga elkama-elka ishlayotgan insonidan ayrilganiga ishongisi kelmasdi. Jismonan anchagina baquvvat bo'lgan Farhod akani oxirgi uch yil davomida deyarli kasal holatda ko'rmagandim. SHuning uchun ham bu insonni vafoti ko'pchilikni shokka solib qo'ydi.

Umrini futbolga bag'ishlagan inson
“Oq-tepa” jamoasi mamuri Farhod Abdurasulov butun umrini futbolga bag'ishlagan. SHu yilning yanvar oyida 51 yoshni qarshi olgan marhum murabbiy o'z vaqtida ajoyib himoyachi bo'lgan. Jismonan baquvvat bo'lgan Farhod aka futbolchilik davrida hujumchilarning haqiqiy “dushmani” edi. Butsasini mixga ilgach, murabbiylik sohasini tanlagan sobiq himoyachi o'zbek futboliga bir qator futbolchilarni tarbiyalab berdi.

1964 yilning 12 yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan Farhod Abdurasulov futbolning ilk sir-asrorlarini dastlab o'sha vaqtlarda mashhur bo'lgan, poytaxtimizning CHorsu dahasida joylashgan “Spartak” futbol maktabida Maruf Akbarovdan o'rgangan. Keyinchalik tahsilni “CHig'atoy” futbol maktabida davom ettirgan. Bu dargohda Sergey Arutyunov, Vilgelm Qahharov singari murabbiylar qo'l ostida shug'ullangan. Farhod Abdurasulovning futbolchilik faoliyati ancha erta boshlangan. 17 yoshida Xalqobodning “Sohibkor” jamoasiga qabul qilingan qahramonimiz 5 yil davomida mazkur klub libosida to'p surgan. 1987-88 yilgi mavsumlarda esa, Xorazmning “Xonqa” klubi sharafini himoya qilgan himoyachi keyingi ikki yilni Toshkentga qaytib, Ravshan Usmonxo'jaev murabbiyligidagi “Diyonat” jamoasida o'tkazdi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida “Atlaschi” bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Qahramonimiz marg'ilonliklar bilan oliy ligaga chiqish vazifasini bajarishdi, ammo Farhod akaga kuchlilar safida to'p surish nasib qilmadi, chunki himoyachiga “CHirchiq”dan taklif bo'lgan edi. Ikki mavsum chirchiqliklar safida o'ynagan futbolchi 1995 yil “Rohat”ga ko'chib o'tdi. Futbolchilik faoliyatining so'nggi yillarida esa, “SHayxontohur” jamoasida o'ynovchi murabbiy bo'ldi. 2000 yil butsasini mixga ilgan qahramonimiz o'sha yili “Oq-tepa” futbol klubida direktor lavozimida faoliyat ko'rsata boshladi. Qolaversa, jamoa qoshidagi maktabda bolalarga millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rgatib keldi. Murabbiylikning dastlabki yillarida shug'ullantirgan bolalarning aksari bugungi kunda oliy liga jamoalarida o'ynab kelmoqda. Xususan, Alisher SHog'ulomov, Berumiy Abdunabiev, Nikita Pavlenko, SHahzod Nurmatov, Umid Zufarov va Sardor Qobuljonov Farhod Abdurasulovning shogirdlaridir. So'nggi yillarda “Oq-tepa” jamoasi mamuri sifatida ishlab kelgan sobiq himoyachi klub tashkil topganidan buyon birga edi. Barcha yaxshi-yomon kunlarda jamoaning kelajagiga ishonib, o'z mehnatlari bilan hissa qo'shib kelgandi. Farhod akaning asosiy orzularidan biri – o'g'li Berumiy Abdunabievni taniqli futbolchi bo'lib etishishi va “Oq-tepa”ni oliy ligada ko'rish edi. Afsus...

Mashum tun!
Zomindagi kechki ovqatdan keyin kamina futbolchilar bilan poytaxtga qaytgandim. Farhod Abdurasulov rahbarligidagi murabbiylar shtabi esa, birga ortga qaytishgan edi. Malum bo'lishicha, Farhod aka Toshkentga kelguniga qadar ham hakamlarning qaroridan asabiylashib kelgan. Tunggi 24:00larda uyiga etib kelgan murabbiy hakamlarning qarorlari haqida farzandlariga ham aytib, uyda ham asabiylashishda davom etgan. Bu asabiylashish oxir-oqibat kasallikka olib kelgan va u kishi ketma-ket qayt qilgan. Avvaliga ovqatdan zaxarlanish, deb taxmin qilingan. Bu tabiiy hol. CHunki har qanday inson safarda kelib shunday holatga tushsa, uning yaqinlari qo'yadigan birinchi tashxisi ovqatdan zaxarlanish bo'ladi. SHifoxonaga olib borish haqida bemorning o'ziga aytilganida u kishi buni rad qilgan. Ammo kasallik zo'rayavergach yaqinlari shifoxonaga olib borgan. SHifoxonada ham dastlab ovqatdan zaxarlanish deya tashxis qo'yilib, 2-3 soat shu bilan ovora bo'lingan. Natijada shuncha vaqt yo'qotilgan. SHifokorlar ovqatdan zaxarlanish bo'yicha hech qanday natijaga erishmagach, so'nggi tashxis – infarkt haqida aytishgan va bemor boshqa shifoxonaga jo'natilgan. Infarkt tashxisi bilan boshqa shifoxonaga yo'l olinganida vaqt o'tib bo'lgandi. Xullas, 3 oktyabrning erta tongida o'zbek futbolining yana bir fidoyisidan ayrildik.



Tasodif yoki taqdir!
Biz hayotda bo'ladigan voqealarga taqdir, deya yondoshishga o'rganib qolganmiz. Farhod aka bilan bo'lgan voqeani ham taqdir yoki tasodif deyishni bilmaymiz. CHunki jamoa mamuri bo'lib ishlayotgan Farhod Abdurasulov Zominga klub boshlig'ining o'rniga borgan edi. Ushbu mavsumdan etiboran marhum avvalgidek “Oq-tepa”ning safar o'yinlariga bormayotgandi. Zominga jo'nab ketiladigan kun jamoa boshlig'ining ayrim masalalar bo'yicha ishi chiqib, safarga jo'nab ketishga belgilangan vaqtga qadar bazaga etib kela olmadi. Jamoa boshlig'i oxirgi daqiqalargacha kutildi, ammo u bazaga etib kela olmagach, rahbariyat futbolchi va murabbiylarni mamur Farhod Abdurasulov Zominga bosh bo'lib olib ketishini malum qildi. SHu tariqa rejadan tashqari safar u kishining hayotini so'nggi kuniga aylandi. Yana bir gap: marhumning yaqinlari u kishini shifoxonaga ovqatdan zaxarlanish tashxisi bilan olib borishganida shifokorlar ham bunga ishonib qolishgani, 2-3 soatni shunga sarflashgani ham taqdirdir. Mabodo o'sha vaqtda o'z sohasining ustasi bo'lgan haqiqiy shifokor darrov bu kasallik ovqatdan zaxarlanish emas, aksincha, infarkt, shuning uchun boshqa shifoxonaga olib boringlar, deya to'g'ri yo'nalish ko'rsatganida, o'sha yo'qotilgan 2-3 soat marhumning hayotini saqlab qolishga kifoya bo'larmidi? Balki... Balki o'sha kuni Zominga jamoa boshlig'ining o'zi borganida Farhod aka hozir yonimizda bo'larmidi? Balki shifokorlar orasida haqiqiy mutaxassis bo'lganida bunday satrlarni yozib o'tirgan bo'lmasmidik?! Bularning barchasi balki... Anig'i shuki, endi oramizda o'zbek futbolining yana bir fidoyisi yo'q. 51 yoshida bu yorug' olamni tark etdi. Uning ko'plab orzulari bor edi. O'zbek futboliga ko'plab iqtidorlarni etishtirib berishni niyat qilgandi, afsus...

Mardga mard inson
Farhod Abdurasulovni o'zbek futbolida faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab insonlar juda yaxshi bilishadi. Odatda vafot etgan insonlar haqida har doim iliq fikrlar bildiriladi. SHuning uchun ham hozir men aytadigan har bir fikr Farhod Abdurasulovni yaqindan bilganlarning ayrimlariga erish tuyulsa, aksari to'g'ri qabul qiladi. Bu inson shunday inson ediki, mardga mard edi. To'g'ri, hayotda har kim o'z dunyoqarashi bo'yicha yashaydi, barchaning kimgadir yoqmaydigan kamchiligi bor. Ammo Farhod akaning mardga mardlardek munosabatda bo'lishi o'sha mard insonlarga doimo manzur bo'lgan. Kerak bo'lsa, nomardlar ham tan olishgan. Qolaversa, bu inson o'zi hurmat qilgan barchaga qo'lidan kelgan maksimal yordamni berardi. SHaxsan o'zim ham Farhod akadan ko'p yordam olganman. Hech qachon bahona izlamasdi. Vaziyati to'g'ri kelsa indamasdan yordam berardi. Nega bu insonni o'zbek futboli fidoyisi dedim: Farhod Abdurasulov murabbiylik faoliyati davomida ham minimal imkoniyatdan maksimal darajada foydalanardi. So'nggi uch yilda bu inson bilan birga faoliyat ko'rsatib, bunday vaziyatlarga ko'p marotaba guvoh bo'lganman. Klubda ham Farhod aka anchagina ishlarni bajarardi. SHuning uchun ham bu insonning yo'qligi “Oq-tepa” klubi xodimlariga yaxshigina seziladi. U kishining yana bir yaxshi xislati shu ediki, qilgan xatolari, kamchiliklarini suniy ravishda “yopib” maqtanmasdi. Borini gapirib qo'ya qolardi. Yoshlikda qilgan xatolari haqida aytib, biz yoshlarni bunday xatolarga yo'l qo'ymasligimizni so'rardi. U kishi shunday inson edi.

Marhumni so'nggi yo'lga kuzatish vaqtida u kishining o'zbek futbolida tutgan o'rnini yana bir bor his qilgandek bo'ldim. Sababi, Farhod Abdurasulovni Farhod Magometov boshchiligidagi o'zbek futboli rasmiylari, Ravshan Ermatov etakchiligidagi hakamlar, OAV xodimlari, shifokorlar, mamurlar, shogirdlari, futbolchi-yu, murabbiylar qo'lma-qo'l qilib, so'nggi yo'lga kuzatishdi. Barchaning qalbida alamli qayg'u edi. Yana bir fidoyidan ayrildik!


MA'LUMOT UCHUN
FARHOD ABDURASULOV
Tug'ilgan sanasi
: 12.01.1964 yil
Vafot etgan sanasi: 03.10.2015 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
“Spartak” va “CHig'atoy” futbol maktablari tarbiyalanuvchisi
Birinchi murabbiylari: Maruf Akbarov, Sergey Arutyunov.
O'ynagan jamoalari: “Sohibkor” (Xalqobod, 1981-1986 yillar), “Xonqa” (Xorazm, 1987-1988 yillar), “Diyonat” (Toshkent, 1989-1990 yillar), “Atlaschi” (Marg'ilon, 1991-1992 yillar), “CHirchiq” (1993-1994 yillar), “Rohat” (Qibray, 1995-1997 yillar), “SHayxontohur” (o'ynovchi murabbiy, 1997-1999 yillar). “Oq-tepa” (2000 – 2015 yillar).
SHogirdlari: SHahzod Nurmatov (“Metallurg”), Alisher SHog'ulomov (“Olmaliq”), Berumiy Abdunabiev (“Oq-tepa”), Nikita Pavlenko (“Olmaliq”), Sardor Qobuljonov (“Buxoro”), Umid Zufarov.

Furqatbek NISHONOV

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика