Yan Koller: "Bazida koronavirus siyosiy loyihaga o'xshaydi"
21 apr 2020 20:17
Yangiliklar


Yan Koller: "Bazida koronavirus siyosiy loyihaga o'xshaydi"
CHexiyalik sobiq futbolchi Yan Koller koronavirus pandemiyasi haqida gapirdi.
- Koronavirus haqida nima deya olasiz? Odamlarning aytishiga ko'ra, bu siyosiy o'yin emish.
- Bu haqida menda aniq bir taassurot yo'q. Biroq to'g'risini aytsam, bazida bu menga siyosiy loyiha kabi ko'rinadi. Bu esa normal holat emas. Umid qilamanki, barchasi tez orada yakunlanadi va biz oldingi holatimizga qaytib, bemalol o'z ishlarimizni davom ettiramiz.
- Nikolay Valuev kabi siyosatchi bo'lishni istamaysizmi?
- Albatta, yo'q! Siyosatchi bo'lishni istamayman! Bu sohaga aqlim etmaganidan juda ham yomon ko'raman. Ha, davlatimizda siyosatchilar yaxshi ishlashadi, biroq bu men uchun emas. Nikolay Valuev siyosatchi bo'ldimi? To'g'risi, endi eshitibman. Bu kulgili.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar