Yan Kirxxof "SHalke 04" ga o'tadimi?
22 dek 2013 02:26
Yangiliklar

Yan Kirxxof "SHalke 04" ga o'tadimi?
"Bild" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Bavariya" markaziy himoyachisi Yan Kirxxof qishda "SHalke 04" ga ko'chib o'tishi mumkin ekan.
Aslida markaziy himoyachi bo'lishiga qaramay tayanch yarim himoyachisi ampluasida ham bemalol o'ynay oladigan Kirxxof, jamoaga Pep Gvardiola kelganidan buyon maydonga tushayotgani yo'q. "Bild" ning xabar qilishicha, bu borada Yan Kirxxofga bundesliganing yana bir boshqa jamoasi "SHalke 04" yordam berishi mumkin. "SHalke 04" yaqin vaqtlar ichida himoyachi qidirayotgan edi. Bundan kelib chiqadiki, gelzenkirxenliklar, aynan "Bavariya"da etarlicha o'yin amalaiyotiga ega bo'lmayotgan Kirxxofga umid bog'lamoqdalar.
Kirxxofga bir nechta jamoalardan qiziqish bo'layotganini "Bavariya" jamoasi boshlig'i Karl Xaync Rummenigge ham tasdiqladi. "Ha, Yan Kirxxofga bundesliganing bir qator jamoalaridan takliflar bor. Bu masalani yaqin vaqt ichida ko'rib chiqamiz.", - dedi Rummenigge.
Aytish lozimki, Yan Kirxxofga "SHalke 04"dan tashqari "Nyurnberg" va "Ayntraxt F" jamoalari ham qiziqish bildirishayotgani haqida malumotlar bor.

Fikrlar