So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  148 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Yaman - O'zbekiston. Al Hiloli biz uchun qanchalik omadli hakam? Yangiliklar

Yaman - O'zbekiston. Al Hiloli biz uchun qanchalik omadli hakam?

JCH-2018 saralashi doirasidagi Yaman - O'zbekiston uchrashuvini ummonlik Abdulloh Al Hiloli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
1970 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2002 yilda boshlagan. Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 13ta o'yinda ishlagan. SHundan 5tasida g'alaba va 7tasida durang qayd etilgan. Bu hakam ishtirokidagi bittagina uchrashuvda jamoalarimiz mag'lub bo'lishgan.

Al Hiloli "Nasaf" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. O'shanda 2012 yil OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Istiqlol" - "Nasaf" uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi. 2015 yil OCHL guruh bosqichi ilk turida "ajdarlar" Qarshida Eronning "Traktorsozi" klubini qabul qilishgan va 2:1 hisobida g'alabaga erishishgan.



2009 yil OCHL guruh bosqichida "Paxtakor" BAAda "Al Ahli" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchgan. 2008 yil "Bunyodkor" Eronda "Sepaxon" bilan (1:1), 2009 yil Toshkentda "Al SHabab" bilan (0:0), 2012 yil Avstraliyada "Adelaida Yunayted" bilan (2:2) durang o'ynaganida aynan shu hakam uchrashuvda bosh hakam bo'lgan. 2015 yil OCHL guruh bosqichida "Bunyodkor" Qatarda "Lahviya" mehmoni bo'lib 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan.

2009 yilgi OFK kubogi chorak finalida "Neftchi" o'z uyida "Sout CHayna" klubini 5:4 hisobida mag'lub etgan.

Al Hiloli turli yoshdagi terma jamoalarimizning 5ta o'yinida ishlagan. JCH-2010 saralashi doirasidagi Livanga qarshi safardagi bahsda O'zbekiston 1:0 hisobida g'alaba qozongan. 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi doirasidagi Xitoy - O'zbekiston o'yinida durang qayd etilgan - 2:2.



2012 yil olimpiada saralashida olimpiya terma jamoamiz Avstraliya bilan safarda 0:0 hisobida durang o'ynagan. JCH-2014 saralashida O'zbekiston safarda Livan bilan durang o'ynab qaytgan - 1:1. Nihoyat 2014 yil U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziya 3:1 hisobida taslim qilingan.

Eslatib o'tamiz, Yaman - O'zbekiston uchrashuvi 17 noyabr kuni 20:30da boshlanadi.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика