So’nggi yangiliklar

16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  0 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  0 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  2 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  0 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  0 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  14 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  6 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  15 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1

Yakunlangan mavsumning omadsizlardan iborat bo'lgan ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Yakunlangan mavsumning omadsizlardan iborat bo'lgan ramziy terma jamoasi

Yakunlangan mavsumda kutilganidek o'yin ko'rsata olmay, murabbiy va muxlislar hafsalasini pir qilganlardan tuzilgan ramziy terma jamoani etiboringizga havola qilamiz.

Tibo Kurtua ("Real")

"Real" har mavsum 50ta gol uradigan futbolchini sotib, shuncha gol o'tkazib yuboradigan darvozabon sotib oldi.

Belgiyalikning transferi avvaliga shubha uyg'otdi. Ketma-ket uch mavsum CHempionlar ligasidagi g'alabalarga sabab bo'lgan Keylor Navasni zaxiraga olishdan nima naf? Peres hozir shu savolni o'ziga berib o'tirgan bo'lsa kerak.

Kurtua o'rtacha bitta uchrashuvda bitta gol o'tkazib yuboradi. Bu JCH-2018dagi muvaffaqiyatli o'yindan so'ng pastga sho'ng'ish. "CHelsi" sobiq kipperini yomon ko'rib qolishdi. Hozir 27 yoshli belgiyalik hammasini tushunib, olg'a qadam tashlashi kerak.


Markos Alonso ("CHelsi")

Bir yil oldin Alonso Konte qo'l ostida lateral vazifasini juda yaxshi bajardi. Biroq 4 himoyachiga ega sxema Markosning o'yiniga mos emas. U hujumda qanchalik yaxshi o'ynasa, himoyada shunchalik yomon harakat qiladi.

Joriy mavsum Alonso top klublar chap qanot himoyachilari orasida krosslardan so'ng paslar aniqligi bo'yicha eng yomon natijani ko'rsatdi - 8%. Solishtirish uchun, Robertsonda - 14%, SHouda - 23%, Kolashinacda - 33%.

"Fiorentina" sobiq himoyachisi to'p yo'qotish bo'yicha hamkasblari orasida etakchi - o'rtacha har bir o'yinda 1,25ta. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Everton" himoyachisi Lyuka Dinning natijalari unikidan yomonroq. Ispaniyalik raqobatda xatto Emersonga imkoniyatni boy berdi.


Jerom Boateng ("Bavariya")

Hammasi JCH-2018dan boshlandi. Boateng Rossiya maydonlarida juda omadsiz o'yin ko'rsatdi: SHvedlar bilan uchrashuvda qizil kartochka oldi va meksikaliklarga mag'lub bo'ldi.

Muammolar "Bavariya"da davom etdi. Mavsumning kuzgi qismi muvaffaqiyatsiz paslar, himoyadagi omadsiz o'yinlarga boy bo'ldi. To'g'ri, myunxenliklar inqirozida faqat Boatengni ayblash noto'g'ri, ammo uning o'yinida pasayish kuzatilgani yolg'on emas. Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Boateng, Myuller va Xummelsni milliy jamoadan "haydadi".

"Bavariya" bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge qisqa va aniq gapirdi: "Jerom biroz o'zini bosib olishi kerak. U osmondan erga tushsa, biz va uning o'zi uchun ham yaxshi bo'lardi".


SHkodran Mustafi ("Arsenal")

JCH-2014 g'olibi joriy mavsumni o'z saviyasida o'tkazmadi. APLning 2-turida faoliyatidagi muvaffaqiyatsiz davrni o'tkazayotgan Morata Mustafi oyoqlari orasidan gol urishga erishdi. "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda esa Mustafi Uilfrid Zaaga gol urishga imkon berdi.

Asli kelib chiqishi albaniyalik bo'lgan nemisga ishonch bildirib bo'lmaydi. Mustafining haqiqiy darajasi - "Arsenal"ga kelishidan oldin o'ynagan "Sampdoriya" va "Valensiya" bo'lsa kerak.


Eshli Yang ("Manchester Yunayted")

Eshli Yangning "Manchester Yunayted"dagi kunlari yakuniga etdi. Sulsher tarkibni "tozalashda" 33 yoshli himoyachini birinchilardan bo'lib haydab yubormoqchi. "Iblislar" skautlari Yangga o'rinbosar izlashmoqda: Aaron Van-Bissaka ("Kristal Pelas").

Eshli mavsumda juda kuchsiz o'yin ko'rsatdi. APLdagi tezkor raqiblariga eta olmadi. "Vulverxempton"ga qarshi qizil va mavsum davomida olingan 9ta sariq kartochka - top-6 jamoalari fulbeklari orasida eng yomon natija. MYU o'tkazib yuborgan gollarning 50%dan ko'pi o'ng qanotdan bo'lgan hujumlardan so'ng sodir bo'lgan.


Fred ("Manchester Yunayted")

Fredning Tumanli Albiondagi birinchi yili kutilganidek bo'lmadi. Buni ko'nikish qiyin bo'lgani bilan tushuntirish mumkin. "Karpat"ga qarshi jamoani boshqarish mumkin, biroq MYUda bu vazifani bajarish uchun haqiqiy yulduz bo'lishing kerak.

"Qizil iblislar" Fred asosiy tarkibda maydonga tushgan bahslarning 13tasidan 7tasini mag'lubiyat bilan yakunlashdi. "SHaxtyor" sobiq futbolchisi yaxshi o'yin ham ko'rsatadi, ammo har doim emas. 26 yoshli futbolchi Errera, Matich yoki Maktominayga raqobatda mag'lub bo'ldi.


Mesut O'zil ("Arsenal")

Qachonlardir O'zilni sayyoramizning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri deb atashgan. Kelib chiqishi turkiyalik bo'lgan nemisda assistlar soni Xavinikidan ko'p.

Ammo hozir yarim himoyachi o'zining muvaffaqiyatsiz ko'chirmasi. Unga Germaniya terma jamoasini mojaro bilan tark etish tasir qilgan bo'lishi mumkin. Balki gap uning jarohatga moyilligidadir. Nima bo'lganda ham, "Real" sobiq yarim himoyachisi maydonga tushganda, u choyga tushgan shakardek yo'qolib qolmoqda.


Filippe Koutino ("Barselona")

"Liverpul"ga to'langan 142 mln. evro o'zini oqlamadi. Koutino LaLiganing 34ta uchrashuvida 5ta gol urib, 2ta golli pas berdi.

"Barselona" muxlislari braziliyalikning faqat uzoqdan beradigan zarbalaridan rohat olishdi. Qolgan jabhalarda pasayish. Filippe mavsumni juda yomon o'tkazdi va Dembelega raqobatni boy berdi.

Koutinoning Kataloniya klubidagi kelajagi so'roq ostida. OAVda futbolchi ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan. CHempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishish uchun "Barselona"ga o'tgan futbolchining sobiq klubi - "Liverpul" ketma-ket ikki yil CHL finaliga chiqdi va joriy mavsum o'z maqsadiga erishdi. Ular buni Filippesiz juda yaxshi uddalashmoqda.


Aleksis Sanches ("Manchester Yunayted")

Sanches - MYUning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatsiz transfer faoliyati mahsuli. CHililik maydonda uchinchi jamoa vakilidek ko'rindi.

"Arsenal" sobiq vingeri o'zining ajoyib texnikasini ko'rsata olmadi. Sanches maoshiga yarasha o'ynamayapti.

Uning yillik maoshi 26 mln. evro va u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi. Bu "iblislar" menejmenti uchun sharmandalik. Bu "zararkunanda"dan tezda qutilish kerak. Sulsherning yangilangan "Manchester Yunaytedi"da bundaylarga joy yo'q.


Garet Beyl ("Real")

29 yoshli uelslik Ronaldu ketganidan so'ng jamoa etakchisiga aylana olmadi. Ammo hozirgacha ispanchani bilmaydigan Beyldan qanday etakchi chiqardi?

"U ispanchani bilmaydi, faqat inglizchada gapiradi, shu sababli biz imo-ishoralar bilan gaplashamiz" - deydi Marselo.

SHu bilan birga "Tottenxem" sobiq futbolchisi jarohatlardan aziyat chekmoqda. Zidan bir necha hafta oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Beyl haqida ochiq gapirdi: "Xatto to'rtinchi o'zgartirishim bo'lganidan ham uni maydonga tushirmagan bo'lardim".

Klubni o'zgartirish vaqti keldi.


Gonsalo Iguain ("CHelsi")

"CHelsi"ning hujum markaziydagi muammo mavsum boshidan beri jamoani qiynamoqda. Alvaro Morata ko'klar safidagi muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng "Atletiko"ga o'tdi, uning o'rniga kelgan Iguain esa tinimsiz omadsizliklarga uchramoqda.

O'ylab ko'ring: Argentinalik bir mavsum davomida ikkita klub hafsalasini pir qildi. Birinchisi "Milan", endi esa "CHelsi". "Napoli"da Iguain bilan birga-ishlagan Mauricio Sarri tanqid qilayotgan ekan, demak, ishlar haqiqatdan ham yomon.

"Pippita" (hujumchining laqabi) joriy yil terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Forvardning faoliyatidagi eng yaxshi damlari ortda qoldi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика