So’nggi yangiliklar

15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  3 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  2 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  5 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3

Yakshanba kungi qahramonlar FOTO Yangiliklar

Yakshanba kungi qahramonlar FOTO

Kecha Evropa yashil maydonlarida milliy chempionat doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi. Unda qahramonlik qilgan futbolchilar bilan tanishing:


"Arsenal" - "Manchester Yunayted" 3:0
Qahramon:
O'tgan turda uchta gol urgan Aleksis Sanches MYU bilan o'yinda 11 daqiqa ichida 2ta gol urdi. "Kanonirlar" 8 o'yindan so'ng "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi.


"Suonsi" - "Tottenxem" 2:2
Qahramon:
Kristian Eriksen ikki marta jarima to'pidan gol urib jamoasiga bir ochko keltirdi.



PSJ - "Marsel" 2:1
Qahramon
: Jarohatini davolab bo'lgan Zlatan Ibragimovich "Marsel" bilan o'yinda ikki bor penalti gol urdi va klub tarixida eng ko'p gol urgan Pedru Pauletani ortda qoldirdi.



"SHalke-04" - "Keln" 0:3
Qahramon:
Bu mavsum deyarli barcha o'yinlarda gol urayotgan Entoni Modest Gelzenkirxendagi bahsda ham hisobni ochdi.


"Bavariya" - "Borussiya D" 5:1
Qahramonlar
: Dortmundliklarning tor-mor etilishida asosiy rolni o'ynagan va ikkitadan gol urgan Tomas Myuller hamda Robert Levandovski.


"Palermo" - "Roma" 2:4
Qahramon
: Rimliklar hujumchisi Jervino "Palermo"ga qarshi uchrashuvda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.


"Yuventus" - "Bolonya" 3:1
Qahramon
: Gol urgan va golli pas oshirgan Alvaro Morata Turin klubiga g'alaba keltirdi.


"Lacio" - "Frosinone" 3:0
Qahramon:
Rim klubi hujumchisi Filip Jorjevich gol urdi va golli pas oshirdi.


"Milan" - "Napoli" 0:4
Qahramon:
Lorenco Insine "San Siro"da dublga erishdi va birinchi golga hammualliflik qildi.


"Ayaks" - PSV 1:2
Qahramon:
Gaston Pereyro Amsterdamda mezbonlar darvozasiga ikkita to'p kiritdi.


"Atletik" - "Valensiya" 3:1
Qahramon:
Golli pas oshirgan va o'zi ham gol urgan Aris Aduric "Valensiya"ni mag'lub etishda katta xissa qo'shdi.


"Atletiko" - "Real Madrid" 1:1
Qahramon:
Keylor Navas o'yin davomida bir necha marta raqib zarbalaridan so'ng to'pni qaytardi. Eng asosiysi birinchi bo'limda Grizmanning penaltisini qaytarishga erishdi.


"Eskishaharspor" - "Beshiktosh" 1:2
Qahramon:
Safardagi o'yinda ikkita gol urgan Mario Gomes 6ta gol bilan Turkiya chempionati to'purari bo'lib oldi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика