Xyuistra: "Ertaga maydonga kamroq tushayotgan futbolchilar va yoshlarga imkoniyat beramiz"
28 apr 2021 18:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634233_original.jpg)
![](/upload/storage/634233_220.jpg)
Xyuistra: "Ertaga maydonga kamroq tushayotgan futbolchilar va yoshlarga imkoniyat beramiz"
Xyuistra: "Bizni guruhdagi oxirgi o'yin kutmoqda. Jamoa shani uchun maydonga tushib, g'alaba qozonishimiz kerak. Afsuski, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'ldik. Ertaga maydonga kamroq tushayotgan futbolchilar va yoshlarga imkoniyat beramiz.
Tarkibimizda iqtidorli yoshlar borligini ko'pchilik ko'rdi. Ular tez orada yuqori darajaga ko'tarilish imkoniga ega. Umid qilamanki, ushbu futbolchilar bilan keyingi yil ancha kuchliroq holda musobaqaga qaytamiz"
Yo'ldoshev: "So'nggi o'yinda zafar quchishga intilamiz. Muxlislarni hech bo'lmaganda mazkur yutuq bilan xursand qilishni istaymiz. Tarkibda men kabi yoshlar ko'p va ko'pchilik yaxshi saviyada o'ynay oladi. Murabbiy ishonchini oqlashga intilamiz. Xalqaro darajadagi o'yinlarda bosim yuqoriroq. Yosh futbolchilar bunday bellashuvlarda katta tajribaga ega bo'ladi. Kelajakda bu bizga asqotadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar