So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Xyuistra - "Bunyodkor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin: "G'ururlandim" Yangiliklar

Xyuistra - "Bunyodkor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin: "G'ururlandim"

"Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yinidan so'ng (3:2) mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yinni juda yomon boshladik, 30-soniyadayoq gol o'tkazib yubordik. Umuman olganda bugun yoshlarga imkoniyat berdik va ular ko'rsatgan o'yindan zavq oldim. O'yin juda ham chiroyli bo'ldi, yoshlarimiz har doim o'ynaydigan futbolimizni ko'rsata olishlarini isbotlashdi. SHu sababli bugun umumiy manoda jamoamning o'yinidan qoniqdim. To'g'ri, natija yaxshi bo'lmadi. Biz 70-daqiqadan keyin biroz bo'shashdik. Balki, yoshlarimiz charchab qolgani tufayli bo'lsa kerak. Aslida hisob tomonlama ijobiyroq natijaga loyiq edik. O'yin tomonidan qarasak, juda ham qoniqdim. Jamoamiz kelajaklarining maydonda o'zini tutishlarini ko'rdik, sinovdan o'tkazib oldik.

- Bugun asosan yoshlarning maydonga tushirilishida ramziylik bordek. Jamoaning smetasi kelasi yilga keskin qisqarishi, etakchilar ketishi haqida gap-so'zlar yuribdi...

- Bu hammasi byudjetga qarab bo'ladi. Yoshlar bilan yaxshi o'ynab ham so'nggi daqiqada yutqazib qo'yishing mumkin, barqarorlik bo'lmaydi. Tarkibda tajribali futbolchilar bo'lsa, yomon o'ynab turib ham, natijani o'z foydangga hal qilishing mumkin. Bu klub rahbariyatining qaroriga bog'liq. Agar yoshlar bilan o'ynaydigan bo'lsak, akademiyamizda iqtidorli yoshlar juda ham ko'p. Ular bilan o'ynasak ham, sifatli futbol ko'rsata olamiz. 

- Derbilar har doim prinsipial ahamiyatga ega. Siz esa asosan yoshlarga etibor qaratdingiz...

- Yo'q, bu yaxshi. Yoshlar quyi o'rinlardagi qaysidir jamoa bilan 6:0 hisobi qayd etilib turganda maydonga tushganidan ko'ra, jiddiy to'qnashuvlarda tajriba to'plab borgani yaxshi. Bu ularning tezroq o'sishiga ham sabab bo'ladi. SHuningdek, futbol borasida men romantikman. Natija muhim, lekin bugun chiroyli futbol ko'rgan maqulroq edi. Yoshlarning bugungi o'yinlari bizni g'ururlantirdi.

- Agar kelasi yil yoshlar bilan o'ynalsa, OCHL nima bo'ladi?

- Yuqorida ham aytdim. Bu byudjetga bog'liq. Qo'limizdagi pulga qarab jamoani shakllantiramiz. O'ylaymanki, jamoa o'zagini saqlab qolish uchun iqtisodiy imkoniyatlarimiz bo'ladi. 

- Bu mavsum penaltilar hisobdan chiqarilsa, hech bir forvardi 15 talik dovondan o'ta bilmadi. Markaziy hujumchilar gollarining kamayib ketishi nima bilan bog'liq?

- Juda ham qiziq fakt aytdingiz. Balki, himoyachilar yaxshiroq o'ynashayotgandir. Boshqalarni uncha kuzatmayman. Umuman olganda menga kimningdir emas, jamoamning goleadorlik sifati muhimroq. Murabbiy sifatida aytishim mumkinki, tarkibingizda gol urishni biladigan futbolchilar soni qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Masalan, bizda CHeran to'purar bo'ldi, Temirov ikkinchi, mavsum boshida Derdiyok 4-5 ta gol urgandi. Davralar oralig'ida kelib qo'shilgan Boyan Matich esa ko'proq gol urishi kerak.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика