Xurshid Xo'jaev: “Navbahor”ga Ashurmatovning taklifiga binoan keldim”
25 jan 2014 10:31
Yangiliklar
Xurshid Xo'jaev: “Navbahor”ga Ashurmatovning taklifiga binoan keldim”
Namanganning “Navbahor” jamoasi bu yil asosiy tarkibni deyarli qaytadan shakllantirmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Sababi o'tkan yili klub sharafini himoya qilgan bir qator etakchi o'yinchilar jamoani tark etib ulgurgan. Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida murabbiylar shtabi yig'inga bir qator yangi nomlarni taklif etib, sinovdan o'tkazmoqda. Ulardan bir Xurshid Xo'jaevdir. Qo'qonlik darvozabon bejizga “lochinlar” mashg'ulotiga kelib qo'shilgani yo'q. Boisi Xo'jaev o'tgan yili aynan Ashurmatov qo'li ostida “Guliston”da o'ynagandi. Xurshid bolalik chog'ida Rifat Hasanov va Narimon Asanov qo'li ostida darvozabonlikni boshlagan. Keyinchalik u 2005 yili professional futboldagi ilk shartnomasini “Paxtakor” bilan imzolagan. Malum muddat “sherlar”ning yoshlar jamoasida xarakat qilgan golkiper, keyinchalik “Qo'qon-1912”, “CHust-Paxtakor”, “Erqo'rg'on”, “Neftchi” kabi jamoalar darvozasini ham qo'riqlagan. 2013 yilning ikkinchi yarmini esa “Guliston”da o'tkazgan futbolchi bu yil namangan jamoasi azosi bo'lishiga juda yaqin turibdi.
- Xurshid, sizni mavsumlar oralig'ida avvaliga “Bunyodkor” yig'inida va keyinchalik “Andijon” mashg'ulotlarida ishtirok etayotganingizni ko'rgandik. Lekin siz hozir “Navbahor”da qo'nim topib turibsiz. Bu erga kelishingiz bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan bog'liq bo'lsa kerak?
- Ha, Baxtiyor aka bilan munosabatim juda yaxshi. O'tgan yili bu murabbiy qo'li ostida “Guliston” o'ynadim. U erda og'ir jaroxat tufayli deyarli asosiy vaqtimni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. SHunday og'ir paytda meni yolg'izlatib qo'ymasdan, xolimdan xabar olib turgan. Bundan ochig'i juda xursand bo'lganman. SHuning uchun ham Ashurmatovni nafaqat, sobiq futbolchi va murabbiy sifatida balki insoniy jihatdan ham juda xurmat qilaman. U kishi mening imkoniyatlarimni yaxshi biladi. “Bunyodkor” yig'iniga borib qo'shilishimda ham aynan Baxtiyor akaning taklifi katta o'rin tutgan. Ashurmatov keyinchalik “Navbahor” boshqaruvini o'z qo'liga olganidan so'ng, meni ham yangi jamoasida birga ishlashga taklif etdi.
- Undan oldin “Andijon”da edingiz. Agarda Ashurmatov “Navbahor”ga o'tmaganida siz hozir ham “burgutlar” bilan birga bo'larmidingiz?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, Ashurmatov bilan munosabatim juda yaxshi. U kishi meni yangi klubiga taklif etganida, har qanday xolatda ham rad javobini bera olmasdim. “Andijon”da o'tkazgan qisqa muddatli kunimdan nolimayman. Klub menga yoqqandi. Murabbiylar shtabi o'tkazgan mashg'ulotlarda zerikib qolmaysiz. Jamoadagi ichki muhit juda yaxshi. Agarda voqealar rivoji siz aytgandek bo'lganida, “Andijon” klubi bilan shartnoma borasida muzokara o'tkazib, shundagina keyingi taqdirimga oydinlik kiritardim.
- “Navbahor”ga bosh murabbiydan tashqari siz bilan o'tkan yili “Guliston”da o'ynagan jamoadoshlaringiz ham kelgan. Aynan shu omil ham sizning jamoaga moslashib ketishingizda qo'l kelgandir?
- Albatta, bu erda ham hammasi yaxshi. Klubda hozircha bir hafta mobaynida shug'ullandim va dastlabki taassurotlarim ijobiy deya olaman. Yigitlar bilan do'stona aloqa bor. Ular menga moslashib olishim uchun yordam bermoqda. Futbolchilarning bir-biriga bo'lgan munosabati va rahbariyatning bizga bo'lgan etiborini ham yaxshi desa bo'ladi. Aytib o'tganingizdek, bu erda Rabbim Hasanov, Doniyor Usmonov kabi sobiq “gulistonchilar” ham bor. Undan tashqari qo'qonlik Sobir Hamidov bilan ham yaxshi tanishmiz.
- Ashurmatovning aytishicha, siz va yana bir darvozabon Doniyor Usmonovning joriy mavsum “Navbahor”da o'ynashi aniq ekan. Klub bilan shartnoma imzoladingizmi?
- Bosh murabbiy tomonidan bunday iliq gaplarni eshitish hamisha yoqimli. O'z navbatida biz ham Ashurmatovning bildirayotgan ishonchini to'la oqlash uchun, bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Lekin bilasizmi hozircha klub hech qaysi futbolchi bilan rasman shartnoma imzolamagan. Balki bu fevral oyidagi yig'inlardan kelib chiqib aniq bo'lsa kerak. Ertaga nima bo'lishini, yolg'iz Yaratganning o'zi biladi. Nasib qilsa bu yil “Navbahor”da o'ynamoqchiman.
- Bu erda necha yil o'ynamoqchisiz?
- Namanganlik ashaddiy muxlislarni juda yaxshi bilaman. Ular doimo jamoani qo'llab-quvvatlab kelgan. Bunday jonkuyar ishqibozlariga ega bo'lgan klubda o'ynash doim, har qanday futbolchiga zavq bag'ishlaydi. Agarda “Navbahor”da hammasi ijobiy kechsa bu klubda uzoq yillar mobaynida o'ynashdan faqat xursand bo'laman.
- O'tgan yili ikkinchi davrada jaroxat sabab kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldingiz. Hozirgi kunda sport formangizni to'liq tiklab oldingizmi?
- Ayni paytda 70-80 foizga tayyorman. CHempionat startiga qadar oldinda malum bir vaqt borligini inobatga oladigan bo'lsak, unga qadar mashg'ulotlarda sidqidildan mexnat qilib, 100 foiz sport formaga kirib olaman deb umid qilaman. Aslida bunday qishki yig'inlar chog'ida to'liq tayyor xolatda bo'lish juda qiyin. Hammasi mavsum boshlarida aniq bo'ladi.
- “Navbahor”da yaqinda darvozabonlar bilan alohida murabbiy ish boshladi. Bu haqda nima deysiz?
- Sergey Zaxareckiyni men yoshligimdan buyon taniyman. Bolalik paytimda sobiq “Temiryo'lchi” jamoasiga muxlislik qilganimizda, bu murabbiy o'shanda darvozani qo'riqlaganini yaxshi eslayman. Undan tashqari ko'p yillar davomida “Navbahor”da ham o'ynagan. Uning biz bilan o'tkazgan dastlabki mashg'ulotlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, juda yaxshi murabbiy. Insoniylik jihatdan ham maqtasa arzigulik kishi. Umuman olganda Zaxareckiy bilan ishlash shaxsan menga yoqmoqda.
- Yaqinda “Andijon”ga qarshi kechgan sinov-nazorat bahsi sizda qanday taassurot qoldirdi?
- “Navbahor” safida “Andijon”ga qarshi birinchi norasmiy o'yinimiz bo'lganini aytib o'tishim kerak. Mazkur uchrashuv Ashurmatov uchun ham dastlabkisi edi. O'yinda asosiy etibor natijaga emas balki, o'yinchilarning qanday imkoniyatga ega ekanligini ko'zdan kechirishga qaratilgandi. To'g'ri, uchrashuv norasmiy maqomini olgan bo'lsada, hech bir jamoa yutqazish uchun maydonga chiqmaydi. Ayniqsa “Andijon” - “Navbahor” singari vodiy derbisidagi har qanday o'yin, jangavor kurashlarga boy va doimo katta qiziqish ostida o'tadi. SHu kuni mezbonlar biroz ustunroq ko'rindi. Bu balki klubda bosh murabbiyning o'zgarmagani va ikki yildan buyon bitta murabbiy ishlab kelayotgani bilan bog'liq bo'lsa kerak. “Navbahor” esa endi qaytadan shakllantirilayotgan klub. CHempionat boshlangunga qadar tayyor xolatda bo'lamiz deb o'ylayman.
- “Navbahor” tarkibida bu yil sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jamoa muxlislariga joriy mavsum nechanchi o'rinni vada qilgan bo'lardingz?
- Bitta narsani aytishim mumkin: Ashurmatov har doim futbolchilardan birinchi navbatda muxlislarni xursand etish uchun, bor kuchini berib o'ynash kerakligini talab qiladi. Bu shunchaki oddiy aytilayotgan gap emas. Ayniqsa men kabi Baxtiyor akaning taklifiga binoan kelgan futbolchilar zimmasiga katta masuliyat yuklanadi. Futbolchi qaysidir o'rinni egallash borasida vada bermaydi balki u bor kuchini berib o'ynashiga ishonishlarini aytadi.
- Faoliyatingizga etibor qaratadigan bo'lsak, batta qiziq faktga duch kelamiz. Yani bungacha ko'p bor qo'qonlik murabbiy Zoxid Nurmatov bilan yo'llaringiz kesishgan ekan. Bu nima bilan bog'liq?
- To'g'ri aytasiz. Haqiqatdan ham shunday. Zoxid aka Nurmatovni murabbiy va inson sifatida qattiq hurmat qilaman. Katta futbolda o'ynab ketishimda bu insonning ham o'rni bor. Zoxid aka qaysi klubda ishlamasin meni ham o'sha klubga taklif etadi. Imkoniyatimni yaxshi biladi va menga ishonadi. Aks xolda bunday bo'lmasdi.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.

Fikrlar