So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Xurshid G'iyosovning onasi: "Har bir ona farzandining ishtirokini ko'zida yosh bilan tomosha qilgani aniq" Yangiliklar

Xurshid G'iyosovning onasi: "Har bir ona farzandining ishtirokini ko'zida yosh bilan tomosha qilgani aniq"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib kelgani haqida xabar berdik. Aeroportda Xurshid G'iyosovning onasi o'z fikrlarini bildirishga rozi bo'ldi.
- Farzandlarimiz ishtirokidagi barcha o'yinlarni butun oila azolarimiz birgalikda, yurakda hayajon bilan tomosha qildik. Ularning shu darajalarga erishishlari yo'lida tinmay mehnat qilgan murabbiylardan, farzandlarimiz uchun cheksiz imkoniyatlar yaratgan davlatimizdan juda minnatdormiz. Turmush o'rtog'imning futbolga bo'lgan mehr-muhabbati o'g'lim Xurshidbekka ham o'tgan. Uning jahon miqyosidagi o'yinlarda yurtimiz faxri bo'lib ishtirok etayotganini ko'rish bizga cheksiz quvonch baxsh etadi. Bir narsani ishonch bilan ayta olamanki, har bir ona farzandining ishtirokini ko'zida yosh bilan tomosha qilgan. Yigitlar borini berib harakat qilishdi, hech afsuslanmayman, ular haqiqatda kuchli ekanliklarini, yuraklari shijoatga limmo-lim ekanligini har bitta o'yinda isbotlay olishdi. Barchasiga baxt, omad, yuksak marralar tilab qolaman.


Gulshan Sadullaeva yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика