So’nggi yangiliklar

07:30"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 5:0 (Матнли трансляция)  9 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  2 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

Xurshid G'iyosov: "Jamoadagi o'zgarishlar bizga ijobiy tasir qildi" Yangiliklar

Xurshid G'iyosov: "Jamoadagi o'zgarishlar bizga ijobiy tasir qildi"

Bugun chempionatimizning so'nggi 30-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda Toshkentning ikki jamoasi "Paxtakor" hamda "Obod" klublari o'zaro bellashishdi.

SHiddatli kechgan uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (1:1). Ushbu bahsdan so'ng "Obod" jamoasi futbolchisi Xurshid G'iyosov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"CHempionat so'nggida barcha futbolchilarda charchoq alomatlari bor edi. Barchasi biz o'ylaganimizdek ro'y berdi. "Paxtakor" klubini yaxshi bilamiz, xato qilgan jamoalarni kechirib o'tirishmaydi. Bunday klub bilan durang o'ynaganimizdan xursandmiz. Biz gol urush uchun bor kuchimiz bilan oldinga o'tgandik, ammo raqiblarimiz darvozasini bir marotaba ishg'ol qildik, xolos.

Jamoamiz bu yil ilk bor oliy ligada ishtirok etgani bois chempionat bahslariga moslashib olishimiz biroz qiyin bo'ldi. Yakunda o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritdik. Jamoamizda bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Ikkinchi davrada yangi futbolchilar safimizga qo'shildi. Bunday o'zgarishlar bizga ijobiy tasir qildi. Elitada qolganimizdan xursandman", - deydi "Obod" jamoasi futbolchisi Xurshid G'iyosov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика