So’nggi yangiliklar

08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  0 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  1 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  0 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  1 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  3 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16

Xursand bo'lishga arziydigan sabab Yangiliklar

Xursand bo'lishga arziydigan sabab

Teglar :  Andijon
Kecha andijonliklar uchun yana bir tarixiy voqea ro'y berdi.

Pro liga navbatdagi turida o'z maydonida "Istiqlol"ni qabul qilgan "Andijon" 2:1 hisobida g'alabaga erishib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHunday qilib vodiyning bir jamoasi "Neftchi" o'rnini Superligada boshqa bir jamoa "Andijon" egalladi. 

Albatta, bu "Andijon" uchun ham, jamoa muxlislari uchun ham tarixiy voqea bo'ldi. Kechagi o'yin har ikkala jamoa uchun muhim edi, boisi "Istiqlol" ham Superligani ko'zlamoqda. Ammo tablodagi hisob maydon egalari foydasiga hal bo'ldi va Pro liga tugashiga bir qolganida "Andijon" Superliga yo'llanmasini rasmiylashtirdi. Endi keyingi turda bo'ladigan "Mashal" - "Andijon" bahsi mehmonlar uchun rasmiyatchilik vazifasini o'tab beradi. 

Kechagi o'yindan keyin ko'p gaplar tarqaldi. Albatta, bunga ko'z yumib bo'lmaydi. "Andijon" ishtirokidagi bahsni SHerzod Qosimov beshinchi marta boshqarganini aytib o'tdik. Ammo bundan ko'p ham vahima qilish kerak emas. CHunki bu hakam shu yilning o'zida "Paxtakor"ning ketma-ket uchta uy o'yinini boshqardi. SHunday ekan, o'yinlarga hakamlarni tayinlayotgan Hakamlar qo'mitasidan har qanday qarorni kutish mumkin. Bunga o'rganib ham qoldik. 

Kecha "Mashal" ham o'zi uchun muhim bahsni o'tkazdi. "Mashal"ning "Norin"ga qarshi o'yinini andijonlik hakam Temur To'xtasinov boshqardi. Qizig'i, Superliga sari harakat qilayotgan "Mashal" darvozaboni kecha maydondan chetlatildi. "Andijon"ga raqiblik qilgan "Istiqlol" darvozaboni ham qizil kartochka oldi. Xullas, har ikkala o'yinda g'alati voqealar ro'y berdi. 

Kecha "Andijon" yutmasa bo'lmasdi, chunki tantanali taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ko'rib qo'yilgandi. Qolaversa, PFL rahbari ham kubokni topshiraman deb borgandi. (Har holda shuncha joyga borib kubokni bermasdan qaytmasa kerak). Maydon chetida ikkita yangi avtomobil ham turgandi. Xullas bayram bayramdek o'tmasa bo'lmasdi. Endi bevosita o'yinga keladigan bo'lsak, shaxsan o'zim maydonda nimalarni bo'lganini ko'rganim yo'q va ko'rmagan narsam haqida gapirishni xohlamayman. Lekin bilganimiz shuki, o'yin nihoyatda qiyin kechgan va hakamlarga ham oson bo'lmagan. 

Agar "Sport" kanali mana shu bahsni to'g'ridan-to'g'ri olib berganida ham boshqa gap edi. Ko'rib nimadir fikr bildirsa bo'lardi. Ammo fakt shuki, "Andijon" superligaga chiqdi va bu bilan butun jamoa azolari va klubning ashaddiy muxlislarini tabriklasa arziydi. Yana shuni aytish lozim, "Andijon" faqat kechagi g'alaba bilan Superligaga chiqib qolgani yo'q. Buning uchun jamoaga butun bir mavsum kerak bo'ldi. SHu paytgacha Pro ligada 31ta o'yin o'tkazgan andijonliklar 18ta g'alabaga erishib, 9 bor durang qayd etishdi va faqat to'rtta bahsda imkoniyatni boy berishdi.

Eng ko'p gol urish bo'yicha ham "Andijon" "Mashal"dan tepada, biroq "Surxon"dan pastda. "Andijon" 56ta gol urgan, "Mashal" 50ta, 4-o'rindagi "Surxon"da esa 62ta. "Andijon" eng kam yutqazgani uchun ham Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Yana bir tomondan "Andijon"ning Superligaga chiqqani yaxshi bo'ldi. CHunki "Andijon" - viloyatning asosiy klubi va kelasi yil Superligada o'ynaydi. Farg'onada esa baribir "Neftchi" birinchi raqamli jamoa hisoblanadi. Erta-indin "Istiqlol" o'rniga yana "Neftchi" paydo bo'lib qolishini xohlamaymiz.

O'tgan yil ko'rdik, "Cementchi" oliy ligaga chiqqani bilan baribir o'rnini "Neftchi" egalladi. Va bundan hech kim yutmadi. Qaytanga ommaviy ko'chish sabab "Cementchi" bu yil Pro ligada ham ko'rinmay qoldi. Tasavvur qilyapsizmi, o'tgan yilgi birinchi liga chempioni bu yil na Superliga, na Pro ligada qatnashdi. Aytaylik, bu yil "Istiqlol" Superligaga chiqqani bilan o'rnini yana "Neftchi" egallamasligiga kim kafolat beradi? Lekin bu jamoada hamon imkoniyat bor. CHunki "Istiqlol" Pro ligada uchinchi o'rinni qo'lga kiritib bo'ldi va o'tish o'yinida ishtirok etadi. 

Kechagi o'yindan keyingi gap-so'zlar "Andijon"ning chempionat davomida qayd etgan natijalariga rahna sola olmaydi. Muxlislari uchun esa xursand bo'lishga arziydigan sabab bor: "Andijon" Superligada!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика