Xummels "Borussiya"da eski raqamida to'p suradi

Alisher
29 iyun 2019, 12:27
Germaniyalik himoyachi Mats Xummels yana bir bor "Borussiya" futbolchisiga aylandi.

Dortmundning "Borussiya" klubi jamoaning sobiq himoyachisi Mats Xummelsning qaytganini rasman e'lon qildi.

Mats Xummels klubdan 2016 yilda ketgan va "Bavariya" tarkibiga borib qo'shilgan edi.

Futbolchi endilikda o'zining 15-raqamida to'p suradigan bo'ldi.

"Men qora-sariqlarga 15-raqam bilan qaytdim", - deb yozgan futbolchi o'zining "Twitter" sahifasida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/BVB