So’nggi yangiliklar

09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  0 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  106 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0

"Huaxin-Jizzax" ikkinchi "Ardus"? Futzalchilarimizga Italiyadan taklif tushdi - Dilshod Rahmatov Yangiliklar

"Huaxin-Jizzax" ikkinchi "Ardus"? Futzalchilarimizga Italiyadan taklif tushdi - Dilshod Rahmatov

2021 yil futbolga nisbatan futzal terma jamoamiz uchun omadli keldi.

Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi termamiz Litva arenalarida tashkillashtirilgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etishni uddasidan chiqishdi. Vakillarimiz guruh bosqichida Rossiya, Gvatemala, Misr bilan bellashib yakunda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanma olishdi. Nimchorak finalda esa Eron bilan mardonavor kurashishdi. Bu birinchi tarixiy natija. Ikkinchisi esa dekabr oyida safarda ilk bor Qozog'istonni taslim etilishi bo'ldi. Yakunlangan ajoyib mavsum haqida terma jamoa etakchisi, 2021 yilning eng yaxshi futzalchisi, deb topilgan Dilshod Rahmatovni suhbatga chorladik.


-  2021 yilning eng yaxshi futzalchisi, deb elon qilinganingizdan so'ng ajablandingiz. Bu sovrinni kutmaganmidingiz?

- Rostdan ham kutmagan edim. Xusniddin Nishonov yoki Davron CHoriev ukalarimdan bittasiga nasib qilsa kerak, degan hayol boridi. SHuni hisobga olib bemalol hayajonli lahzalarni videoga olib o'tirgandim. Keyin esa meni elon qilishdi. Bundan xursandman. Bunday etirof bizni yanada ko'proq ishlashga undaydi. Mazkur yutuq butun futzal terma jamoamizniki.

- O'tgan mavsum faoliyatingizdagi eng yaxshisimi? Yoki qaysidir yodda qolgan mavsumingizga bu yutuqlarni almashtirgan bo'larmidingiz?

- Hozirda futzal chempionatimiz davom etmoqda. Har bir mavsumning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Doim oldimga yuqori maqsadlarni qo'yaman. Deylik "Ardus" jamoasi bilan ko'p yutuqlarga erishdik. Futzal klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib borganmiz. Xitoy klublarida o'ynadim, kuboklarda g'olib chiqdik. "Huaxin-Jizzax" bilan o'tgan mavsumda oltinga teng uchinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Sababi tarkibdagi bor mahalliy ijrochilardan foydalanildi. Bunda viloyat hokimi Soliev Ergash Alibekovich va murabbiy Nodir Eliboevni hissasi katta bo'ldi, deya olaman. 

- Jahon chempionatidagi natija va mavsum so'nggida Qozog'istonni tarixda birinchi marotaba taslim etilishi yosh futzalchilarda kuchli raqibni yuta olish ko'nikmasini beradimi? 

- Jahon chempionati yoddan chiqmaydi. Tarkibimizda o'ziga ishongan yosh futbolchilar bor edi. Bunga qadar ham kuchli terma jamoalar bilan o'ynagandik. Venesuela, Argentina, Portugaliya va hokazo. Mavsum oxirida Qozog'iston bilan o'tkazgan ikkita o'yin turlicha taassurot qoldirdi. Ko'p vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz ularning o'yiniga qarab taktikamizni o'zgartirdik. Raqib safida dunyoning eng kuchli uchta darvozabonlaridan biri Igita to'p tepadi. Oyoqda ham yaxshi o'ynash qobiliyatiga ega. Futzalchilarimizning ko'zi har doim yonib turadi. Yuragida o'ti bor. Bunda alabatta g'alabaga bo'lgan ishonchni oshishiga xizmat qiladi. Futzalimiz to'g'ri yo'lda. SHuni hisobiga dunyoning istalgan jamoasi bilan g'alaba uchun o'ynay olamiz. 

- Jahon chempionati istaymizmi, yo'qmi xalqaro arena. Futzalchilarga o'zini ko'rsatib olishi uchun reklama. Sizga yoki terma jamoadagi boshqa futzalchilarga Evropa, Osiyo klublaridan takliflar bo'ldimi?

-  Jahon chempionatidan so'ng Italiyaning ikkinchi divizion, Xitoyning yana bir jamoasidan taklif bo'ldi. Xitoy varianti xujjatlar bilan bog'liq sabablarga ko'ra o'xshamadi. Italiyadagilar 3-4 kishini so'rashdi. Lekin "Xuaxin-Jizzax" klubi bilan amalda shartnomamiz borligini aytdik. SHaxsan o'zim ketmas edim. Oilaviy sharoitim sabab chetda o'ynay olmayman. Yoshlarimizda esa imkoniyat bor. Italiya klubi ham oyog'ini tirab turib olgani yo'q. O'rtadagi agentlar orqali bo'ldi. Oxiri kelisha olishmadi. 

- Misr bilan o'yindan oldin kiyinish xonasida katta motivaciya berganingizni videolari chiqdi. Bu mundialdagi eng muhim palla edimi?

- Mundialda ruhiy tayyorgarlik katta sahnaga chiqadi. O'yindan oldin diqqatni jamlab olish kerak. Har bir uchrashuvdan oldin etakchi sifatida shunday motivaciya berdik. Misr bilan o'yinni yutishimiz talab qilinardi. Boshqa natija qoniqtirmasdi. Kerakli gaplarni topib gapirishga harakat qildik. 

- "Huaxin-Jizzax" ikkinchi "Ardus" bo'la oladimi?

- Menimcha bunga hali vaqt kerak, deb o'ylayman. "Ardus" bir necha yillar davomida shakllantirilgan jamoa edi. Ko'p futzalchilarni o'zi etishtirib chiqardi. Jizzaxda esa asosan milliy terma jamoa o'yinchilari to'p tepmoqda. "Ardus"ni darajasiga chiqish uchun ko'proq yoshlarga etibor berishimiz lozim. 

- Muxlislarga tilaklaringiz, keyingi rejalar va yosh futzalchilarga tavsiyalaringiz...

- Har doim o'z ustilarida ko'proq ishlashlarini aytaman. Mehnat qilishdan qochmasliklarini, oldinga intilishlarini so'rab qolaman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика