Xuanfran: "Diego Kosta Ispaniya terma jamoasida o'ynashdan qochayotgani yo'q"
14 noy 2014 16:47
Yangiliklar


Xuanfran: "Diego Kosta Ispaniya terma jamoasida o'ynashdan qochayotgani yo'q"
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xuanfran Torresning takidlashicha, Londonnig "CHelsi" klubi hujumchisi Diego Kosta Evropa chempionlari safida o'ynashdan bosh tortayotgani yo'q.
"Kosta terma jamoadan qochyapti degan mish-mishlarni rad etaman. Xar ikki-uch kun yozishib yoki gaplashib turibmiz. U Ispaniya terma jamoasini sharafini himoya qilayotganidan g'ururlanadi. U Braziliya o'rniga bizni tanlaganini eslashni o'zi etarli bo'lsa kerak. Kosta terma jamoada borini berib harakat qiladi" - deydi Xuanfran.

Fikrlar