

“Bu ish oson emasligini juda yaxshi bilaman. Qachon katta transferlar amalga oshganda, odamlar o'sha futbolchidan ham katta natijalarni kutishadi. Pogba va biz mashina emasmiz. Faqat Messi va Ronaldu har bir o'yinda gol urishlari mumkin. Boshqa bunday futbolchilar yo'q”, dedi Mata BBC telekanaliga bergan intervyusida.
APLning o'tgan 24 ta turida Pogba 7 ochko (4 ta gol va 3 ta golli uzatma), Yevropa ligasining 8 uchrashuvida 3 ochko (2 ta gol va 1 ta golli uzatma) to'plashga erishdi.



