So’nggi yangiliklar

12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  0 12:19Каннаваро Тошкентда   11 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  15 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  1 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  1 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  11 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  14 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  9

Xotini rozi emas. Futbolchilarning faoliyatiga tasir ko'rsatgan ayollar Yangiliklar

Xotini rozi emas. Futbolchilarning faoliyatiga tasir ko'rsatgan ayollar

Er bosh bo'lsa, ayol bo'yin, bo'yin qaysi tomonga burilsa, bosh ham o'sha tomonga qaraydi deyishadi.

Futbol olamida ham shundaymi?

"Sassuolo" hujumchisi Kevin-Prins Boateng "Ayntraxt"ga o'tishi mumkin. Ammo bu transfer taqdiri futbolchining xotiniga bog'liq, u oila Frankfurtga ko'chib o'tishga tayyor deb hisoblasa, kelishuv amalga oshadi.

To'g'ri, juda g'alati eshitiladi. Ammo futbolchilik faoliyatini xotiniga ishonadiganlar bitta emas ekan. Futbolchilarning ayollari turmush o'rtog'ining karerasiga tasir ko'rsatgan vaziyatlarni esga olamiz.


Mark-Andre ter SHtegen va Daniela Yele

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen "Manchester Siti" bilan muzokaralar o'tkazganini tan olgan. Nemis posboni o'yin amaliyoti kamligidan Kataloniya klubini tark etmoqchi edi, biroq uning xotinini Manchesterdagi universitetga qabul qilishmagani va hujjatlar bilan muammo chiqqani tufayli transfer amalga oshmadi. Keyin "Siti" ter SHtegen raqobatchisi Klaudio Bravoni xarid qilgan.



Andre SHyurrle va Anna SHaripova

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andre SHyurrle Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Futbolchi bunga qarshi emas, chunki uning xotini qozog'istonlik. SHyurrlening xotini model bo'lishiga qaramasdan arxitektor diplomiga ega. Futbolchi yaqin kunlar ichida Moskvaga uchib ketishi mumkin.


Mauro Ikardi va Vanda Nara

Vanda Nara 2015 yildan beri turmush o'rtog'ining faoliyatini boshqaradi. Futbol jamoatchiligi va xatto Ikardining singlisi Vandani yomon ko'rishadi. "Real" bir shart bilan Mauro bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqchi edi: Transfer kelishuvida Vanda Nara ishtirok etmasligi  va boshqa agent bu ishlarga jalb qilinishi kerak. "Vanda faoliyatimning oxirigacha mening agentim bo'ladi. Biz birgalikda erishgan natijalardan faxrlanaman" - degandi Mauro Ikardi.


Andrey SHevchenko va Kristen Pazik

2006 yilda SHevchenkoning "Milan"ni tark etib, "CHelsi"ga o'tishi hammani shokka tushirgan. Bunga futbolchining xotini Londonda yashashni va bolalari ingliz tiliga moslashgan muhitda ulg'ayishi istagani sabab sifatida ko'rsatilgan. Bolalar inglizchani o'rganishgandir, ammo SHevchenko Angliyada o'ynab keta olmadi.


Zinedin va Veronika Zidan

SHevchenkoning xotinidan farqli o'laroq, Zidanning ayoli Veronika turmush o'rtog'ining faoliyatiga ijobiy tasir ko'rsatgan. 2001 yilda futbolchi "Yuventus"da qolishi mumkin edi, ammo ayoli iltimosiga ko'ra "Real"ga o'tadi. Asli kelib chiqishi ispaniyalik bo'lgan Veronika vataniga qaytishni istagandi. Zidan Ispaniyada juda yaxshi o'yin namoyish etdi va 2002 yilda "Real" bilan CHempionlar ligasi g'olibiga aylandi. Ular hozirgacha Madridda istiqomat qilishmoqda.


Esekel Garay va Tamaro Gorro

Aytishlaricha, Garayning "Zenit"dan ketishiga futbolchi buvisining ruxi sabab bo'lgan ekan. Ha, to'g'ri o'qidingiz. Sankt-Peterburgda olingan oilaviy suratlardan birida qandaydir rux ko'ringan, keyinroq futbolchining xotini bu Garay buvisining ruxi ekanligini aytgan. Tamara aynan shu sabab tufayli Rossiyani tark etib, Valensiyaga qaytishni so'ragan.


Roman va Larisa Pavlyuchenko

"O'zim qaror qabul qilgan paytlar ham bo'lgan, ammo asosan xotinim bilan maslahatlashaman. Asosiysi u to'g'ri maslahat beradi! Men o'ylamasdan rozi bo'lib yuborishim mumkin. U esa hammasini taroziga qo'yib, to'g'ri baho beradi" - degandi Pavlyuchenko. Futbolchining "Tottenxem"ga o'tishiga xotini sababchi bo'lgan ekan. Aynan u erini London klubiga o'tishga ko'ndirgan, Larisaga esa Karpin maslahat bergan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика