Xosep Gvardiola: "Sardorni jamoaning o'zi tanlaydi"
17 iyu 2019 20:55
Yangiliklar


Xosep Gvardiola: "Sardorni jamoaning o'zi tanlaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola barcha futbolchilar tatildan qaytganidan keyin klubga sardorni shogirdlari tanlashini malum qildi.
"Biz klubga sardor tanlaymiz. Jamoaning barcha o'yinchilari qaytadigan paytni kutamiz va ular bu ishni amalga oshirishadi", – deydi Gvardiola.
Qayd etish kerak so'nggi 9 yillikda "shaharliklar"ning sardori Vensan Kompani bo'lgandi.
Bugungi "Vest Xem"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida (4:1) "Siti"ning sardori sifatida David Silva harakat qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar