So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Xose Mariya Mendez: "Yakuniy tarkibni tuzish oson bo'lmadi" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "Yakuniy tarkibni tuzish oson bo'lmadi"

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.

Bosh murabbiy Xose Mariya Mendez o'rtoqlik o'yinlari va yakuniy tarkib borasida suhbatga tortdik.

- Toshkentdagi so'nggi mashg'ulotlar hususida qanday fikrdasiz?
- Yigitlarda o'sish ko'zga tashlanayapti, menimcha biz to'g'ri yo'nalishdamiz. Futzalchilarda ishonch bor.
Qozog'iston bilan yaxshi o'yinlar o'tkazdik, ayniqsa ikkinchi bahsda. Ozarboyjon bilan birinchi bellashuvda ham juda zo'r o'yin ko'rsatdik. O'sha uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining men boshqarib kelayotgan davrdagi eng yaxshi o'yini bo'ldi. Ikkinchi bahsda esa juda yomon o'ynadik. Mundialga qadar 15 kun vaqt bor va kamchiliklarimizni to'ldirib boramiz.

- Yakuniy tarkibda Osiyo chempionati bilan solishtirganda uchta o'zgarish bo'ldi. O'zgarishlarni izohlab o'tsangiz?
- Andrey SHlema Osiyo chempionatida juda kam o'ynadi, Jamoliddin SHaripov esa boshida maydonga tushdi, lekin keyinchalik u ham juda kam o'ynadi. Ularning o'rniga tarkibga kiritilganlardan SHuhrat Tojiboev o'zining tajribasi va sifatli paslari bilan kuchli jamoalarga qarshi pressingdan chiqishimizga yordam beradi. Mashrab Odilov esa oxirgi ikki oyda juda ham o'sishga erishdi, Qozog'iston va Ozarboyjonga qarshi uchrashuvlarda ham iliq taassurot qoldirdi. O'yinga chanqoq va ko'zlari yonib turadigan o'yinchi, jamoaga yaxshi kirishib ketdi.

Uchinchi o'zgarishga keladigan bo'lsak, aslida bizni rejamizda Ilhom Hamroevni olib ketish yo'q edi. Uchta darvozabon bilan mundialga borishni mo'ljallagan edik. Lekin, Klim Tyugaev o'z-o'zidan mashg'ulotlarda g'oyib bo'ldi. 3-4 kundan keyin yana paydo bo'ldi va bunga hech qanday tushuntirish bermadi. Bu esa murabbiylarga va jamoaga xurmatsizlik edi, shuning uchun ham Klim ro'yxatdan chiqarib yubordim. Uning o'rniga esa biz SHaripov yoki SHlemani olib ketishimiz mumkin edi. Lekin, ularni olib ketib musobaqada juda kam o'ynatgandan ko'ra yosh Ilhom Hamroevni olib ketishga qaror qildik. Ilhom terma jamoada tajribasini oshirishi uchun shunday qildik, sababi u terma jamoa kelajaklaridan biri. Keyingi yili bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan futzalchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida Ilhom sardor bo'ladi. SHaripov va SHlema Hamroevdan ancha kuchli o'yinchilar, bunga hech qanday shubha yo'q. Lekin, kam o'ynaydigan yoshi katta futzalchilardan ko'ra, terma jamoa kelajagi uchun yosh o'yinchini olib ketishga qaror qildik. Yuqoridagi ikki futzalchini tarkibdan tushirib qolish juda ham og'ir bo'ldi. SHunday bo'lsada, ularga jamoaga bo'lgan munosabatlari uchun katta minnatdorchilik bildirib qolaman.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика