So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Xose Mariya Mendez: "O'zbekiston xalqi biz bilan faxrlanishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz" Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: "O'zbekiston xalqi biz bilan faxrlanishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz"

Bugun tongda Kolumbiyaning Medelin shahrida futzal bo'yicha Jahon chempionatiga qura tashlangandi.

Unga ko'ra, terma jamoamiz "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Marosimdan keyin mikst zonada terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez qura haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Guruhimizni turnirdagi eng qiyini deb bo'lmaydi. Ikkinchi qiyin to'rtlik desak to'g'riroq bo'ladi. Biz Kolumbiyaga qarshi o'ynaymiz va ularning saviyasi yuqori ekanligini alohida etirof etish darkor. Jamoa o'tgan mundialda yarim finalgacha etib borganini yodda tutishimiz kerak. Portugaliya esa Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Panama ham oson taslim bo'ladiganlardan emas. Ular jismonan juda kuchli. Guruhimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Birinchi o'yinimiz Panama bilan, shu sababli ushbu bahsga ko'proq etibor qaratamiz. Agar Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari bilan yaxshi o'yin ko'rsata olsak keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin.

O'zbekiston xalqi biz bilan faxrlanishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz," - deb aytib o'tdi janob Mendez.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика