Xose Mariya Lana: "O'zbekistonni mag'lub eta olmagan bo'lsak-da, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan mamnunman"
17 noy 2023 15:34
Yangiliklar
Xose Mariya Lana: "O'zbekistonni mag'lub eta olmagan bo'lsak-da, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan mamnunman"
Ispaniya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Lana O'zbekistonga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuvni yaxshi boshladik. Biroq keyinchalik xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Bunday o'yinlar orqali kamchiliklarimizni o'rganamiz va tajribamizni oshirib boramiz. Futbolchilar bilan bog'liq hech qanday muammo mavjud emas. Faqatgina ulardan o'z ustida qattiq mehnat qilishda davom etishlarini so'rayman. Garchi uch ochko qo'lga kirita olmagan bo'lsak-da, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan mamnunman. Keyingi bosqichda kuchliroq raqiblar bilan to'qnash kelishimiz mumkin. Yigitlar bunday o'yinlar orqali saboq olishi va milliy terma jamoa darajasiga etishgunga qadar o'z ustida ishlashda davom etishi lozim", dedi Lana.
O’xshash yangiliklar
13:03
O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizdan yangi "Husanov"larni qidirishmoqda" 3
09:47
Islom Ismoilov: "Raqib kim bo'lishining farqi yo'q. Barcha raqibga qarshi o'ynashimiz kerak bo'ladi" 3
Fikrlar