So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  6 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  15 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Xorxe Sampaoli: “Boshqalarga quloq solsam, bankda ishlashga qolardim” Yangiliklar

Xorxe Sampaoli: “Boshqalarga quloq solsam, bankda ishlashga qolardim”

2015 yil CHili terma jamoasi bilan Amerika Kubogida zafar quchgan Xorxe Sampaoli yilning eng yaxshi murabbiylari qatoridan o'rin olgandi.


U “FIFA.com” saytiga bergan intervyusida Janubiy Amerikadagi futbol insonlarining Evropadagi hamkasblariga nisbatan tan olishini nega qiyinroq kechishi va boshqa qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Nega Janubiy Amerika futbolida ishlayotgan insonlarga xalqaro miqyosda tan olinish juda qiyin?

- Hamma gap har bir hududdan g'oliblarga beriladigan ovozlarning sonida. Osiyo, Afrika va yana boshqa mintaqalar Evropa futboli bilan ko'proq bog'langan. Janubiy Amerika ular uchun uzoqroq. Bunday hududlarda etiborni jalb qilish uchun klublar o'rtasidagi jahon chempionatida “Barselona”ni dog'da qoldirish zarur. CHili terma jamoasi bilan erishgan natijamiz katta qiymatga ega. Bu bizga boshqa mamlakatlar ko'ziga tashlanishimizga yordam berdi.

- Nomzodlar orasida borligingizni bilgan paytda qaerda edingiz?

- CHilida. Bu shok edi, ishonmagandim ham. Juda xursand bo'lgandim. Negadir xayolimga futbolchilik faoliyatimda biror narsaga erishishimga xalal bergan jarohatlar keldi. Va yana futbolchilar – ularsiz hech narsa bunday ko'rinish olmasdi.

- Boshqa murabbiylardan farqli ravishda siz deyarli professional darajada futbol o'ynamagansiz. Futbol muhiti bilan til topishishga qanday erishgansiz?

- Hamma narsaga boshqacha nazar tashlayman. O'yinchilar sutkasiga 24 soat futbol haqida o'ylashimni bilishardi. SHu bilan birga havaskorlar darajasida o'ynagandim. Hozir futbolda ko'plab muhim jihatlar to'g'risida unutishmoqda, menda ularni tushuntirish yaxshi ko'rinish oladi.

- Nega chap qo'lingizga “Hech kimni eshitmayman, chunki taqiqlangan narsalar menga hayotni his qilishga yordam beradi” deb yozuv tushirib olgansiz?

- Agar odamlar menga gapirganiga quloq tutsam, murabbiy bo'la olmasdim. Futbolchilik faoliyatiga ega boshqalar bilan solishtirganda menda muvaffaqiyat uchun imkoniyat katta emasdi. Men rahbariyatga boshqacha uslub topishga urindim. O'zgalarni tinglasam, Kasildada bankda ishlashda qolgan bo'lardim. O'zing istagan narsani qilish kerak, boshqalar gapirganini emas. Hayotga hamisha shunday qaraganman. Romantikman – shu sababli shunday yozuv tushirishga qaror qilganman.

- Doim yosh va muvaffaqiyatga erishib bo'lgan, farqli tarixga ega futbolchilar bilan ishlash qanday?

- Har bir o'yinchiga alohida munosabatda bo'lishga harakat qilaman. Ular turlicha. Ammo barcha uchun futbol quvonch va zavq olishdir. Ular masuliyatni o'zlariga olishlari, yutqazishdan qo'rqmasliklari, bor kuchini berishlarini tushunishlarini xohlayman. Bu hayotdan boshqa narsalardan ajoyibroq. CHili terma jamoasi futbolchilari buni juda tez anglashdi va ular xuddi hayotlari o'yinga bog'liqdek to'p tepishdi.

- CHilining Amerika Kubogidagi g'alabasi uchun futbol tarafdan qaraganda nima qildingiz?

- Bazi narsalarni Marselo Bielsa falsafasidan olganman. Maydonga chiqib, keskin va shu bilan birga to'pni ko'proq nazorat qilib o'ynashga intildik. Jamoa ishonchga ega bo'ldi, biz har bir o'yinda ustunlik qildik va shuning evaziga zafar quchdik. Endi CHili istalgan jamoa bilan tengma-teng tura oladi.

- Uch oy oldin lavozimingizni tark etdingiz. Bu paytda nima bilan mashg'ul bo'ldingiz?

- Futbol tomosha qildim. To'g'risi, ko'nikish qiyin kechdi. Avval bor vaqtimni futbolga bag'ishlardim, lekin endi ko'proq o'yinlarni tomosha qilyapman. Odamlar bilan muloqotga kirishib, turli chempionatlarni tahlil qilyapman.

- Bunday vaziyatda nima sizni eng ko'p bezovta qiladi?

- Kelajagimda ertangi kunga ishonchsizlik yoqmaydi. Menga bog'liq gap-so'zlar yuribdi, lekin ular shunchaki yolg'on ekaniga ishonchim komil. Meni nima kutayotganini bilmayman. Umid qilaman, barchasi yaxshi bo'ladi.

- Hayotda kechirgan narsalardan kelib chiqib, bir kun Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishni tasavvur qila olasizmi?

- Bilmayman. Bu menga bog'liq emas. Hech bir argentinalik murabbiy terma jamoa bilan ishlashdan bosh tortmaydi. Bu har qanday mutaxassisning yuksak orzusidir. Menga shuni taklif etishsa, bunga yo'q deya olmayman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика