So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" тарбияланувчиси энди асосий жамоа билан шуғулланади ва 9-рақамни олади  0 10:42Рахим Стерлинг фаолиятини бошқа бир Лондон клубида давом эттириши мумкин  1 10:10АПЛнинг 4 та клуби ПСЖ ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:37Зидан келаси йил мураббийликка қайтади  4 09:06Шукрон Йўлдошев: “Жамоамизни муҳим баҳс кутиб турибди”  1 08:35Сон МЛС тарихидаги энг қиммат трансферга айланади  0 08:04Португалия футболи афсонаси 53 ёшида юрак хуружидан вафот этди  1 07:37Суперлига. "Пахтакор" — ОКМК 1:2. Фламарионнинг голи ҳисобга олинмади  3 07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  5 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  4 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  2 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  10 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  13 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1

Xorxe Fossati: "Paxtakor" bilan o'yinda ko'proq hujum qila olamiz deb kutgandim" Yangiliklar

Xorxe Fossati: "Paxtakor" bilan o'yinda ko'proq hujum qila olamiz deb kutgandim"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Xorxe Fossati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi bahs juda qiyin o'tishi haqida kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida ham aytgandim. "Paxtakor" uchun mavsum endi boshlanmoqda, ular adashmasam 4ta rasmiy o'yin o'tkazishdi. Biz esa oxirgi bir oy ichida 8ta uchrauvda ishtirok etdik. O'yinga tayyorgarlik ko'rish va taktika tanlashda futbolchilarimning jismoniy holatini ham hisobga olishim kerak edi. Xatto mashg'ulotlarda qiyinchilikka duch keldim.

O'yinning dastlabki 10 daqiqasida yaxshi o'ynadik. To'pga egalik qilishda yaxshi taassurot qoldirishdi. 20-25-daqiqasida asta-sekin raqib tashabbusga ega bo'ldi. Buning ustida ishlashimiz kerak.

To'g'risi biz ko'proq hujum qila olamiz deb o'ylagandim. Ammo "Paxtakor" bunga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bugungi o'yinda "Paxtakor" g'olib chiqishga haqli edi. Hakamlik haqida nimadir degan bo'lardim, ammo bu mening vakolatimga kirmaydi.

"Paxtakor" haqida umumiy fikr bildiraman. Raqib tashkiliy jihatdan yaxshi shakllanib borayotgan jamoaga aylanib bormoqda. Bugungi o'yinga tayyorlanish jarayonida "sherlar"ning "Eyr Fors", "Al Nasr" va "Persepolis" bilan o'yinlarini ko'rib chiqdim. SHunga amin bo'ldimki deyarli barcha zonalarda tartibli o'yin ko'rsatmoqda. Men ham asta-sekin o'z jamoamda shuni tadbiq etishga urinaman", - deydi Xorxe Fossati.


Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика