So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал" АПЛни қўлга киритиш эҳтимоллиги ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  42 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Xorvatiyada o'ynagan birinchi o'zbekistonlik futbolchi 28 yoshda Yangiliklar

Xorvatiyada o'ynagan birinchi o'zbekistonlik futbolchi 28 yoshda

Bugun "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Temurxo'ja Abduxoliqov O'zbekiston chempionatining mohir hujumchilaridan biri. U mehnat qilishdan tolmaydi va doim oldinga intiladi. SHuni aytish lozim, Abduxoliqov Xorvatiya chempionatida to'p tepgan dastlabki o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. 

Faoliyatini "Bunyodkor-2" safida boshlagan Temurxo'ja 2011 yil "Paxtakor"ga borib 2013 yil oxirigacha shu klub sharafini himoya qiladi. 2014 yil esa Xorvatiyaga yo'l olib, "Xayduk" bilan shartnoma imzolaydi. Ammo Abduxoliqovning Evropadagi faoliyati yorqin kechmaydi. 

SHundan so'ng hujumchi O'zbekistonga qaytib 2015 yil "Lokomotiv" safiga kelib qo'shiladi. Aytish mumkinki, hozirgacha Temurxo'janing eng yorqin damlari "Lokomotiv"da kechgan va kechmoqda. Ayniqsa 2016 yilgi mavsum uning uchun unutilmas hisoblanadi. CHunki aynan shu yili 22ta gol bilan O'zbekiston chempionati to'purariga aylanadi. Bundan tashqari "Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga qadar etib borishida munosib hissa qo'shadi. 

Temurxo'ja Abduxoliqov uch bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. Bir marta "Paxtakor" safida (2012) va ikki bor "Lokomotiv" tarkibida (2016, 2018). SHuningdek ikki bor O'zbekiston Kubogida zafar quchgan (2011, 2016). 2015 va 2019 yillarda esa O'zbekiston Superkubogini ham qo'lga kiritgan. 

Temurxo'ja 2016 yil "Lokomotiv" safidagi yorqin o'yinlari tufayli qatarliklar etiborini tortadi va 2017 yilning boshida Sanjar SHoahmedov bilan birgalikda Qatarga yo'l olib, "Al Sayliya" bilan shartnoma imzolaydi. Uning arab mamlakatidagi faoliyati ham esda qolarli bo'lgan deb bemalol ayta olamiz. "Al Sayliya" tarkibida 32 uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 17 bor gol urishga muvaffaq bo'ladi. 

Hozirgi paytga kelib uning O'zbekiston klublari va milliy terma jamoada kiritgan gollari 98taga etgan. Yana ikkita goldan so'ng Temurxo'ja Abduxoliqov ham Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosiga aylanadi. Biz mohir hujumchiga tezroq ikkita gol urib 100lik marrani zabt etishini tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика