So’nggi yangiliklar

19:10ЖЧ-2026 саралаши. Сафарда қийинчилик билан уч очко қўлга киритдик  15 18:59ЖЧ-2026 саралаши. Япония сафарда Хитойни ишончли тарзда мағлуб этди  11 18:51Омадимиз келди, Юсуповга эса раҳмат. Ўзбекистон қийинчилик билан КХДРни мағлуб этди  582 17:58ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Эрон: Асосий таркиблар маълум  3 17:35Буффон: "Неймар бешта "Олтин тўп" ютиши керак эди"  8 16:41Левандовски "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи  4 15:59ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия - Саудия Арабистони. Асосий таркиблар маълум  2 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  6 14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0 13:55"Малага"нинг ёш вингери "Реал" ва "Барселона" эътиборига тушди  1 13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   22 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   3 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  10 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  8 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  9

Xorijga nima uchun chiqiladi? Superliganing 13 va Pro liganing bir klubi chetda yig'in o'tkazadi. "Metallurg" esa... Yangiliklar

Xorijga nima uchun chiqiladi? Superliganing 13 va Pro liganing bir klubi chetda yig'in o'tkazadi. "Metallurg" esa...

O'zbek klublari bo'lajak mavsumga tayyorgarlik jarayonini allaqachon boshlab yuborishgan.

Klublarga mavsum oldidan xorij yig'ini nima uchun kerak?

Odatda futbol jamoalari yangi mavsum oldidan 2 yoki3ta yig'in tashkillashtirishadi. Davralar oralig'idagi tanaffusda esa vaqt ko'p bo'lmagani sabab faqat bitta yig'in o'tkazishadi. Qishki yig'inlarning kamida bittasi, bo'lmasa ikkitasi xorij davlatlarida tashkillashtiriladi.

Futboldagi mavsum oldi yig'ini istalgan jamoa uchun eng muhim pallalardan hisoblanadi. Unda bo'lajak mavsumda bosh murabbiy foydalanmoqchi bo'lgan sxemalar ko'rib, tekshirib olinadi. Yig'inlar xatolar ko'rib olinadigan va to'g'rilanadigan payt.

Klublarimizga xorijda yig'in o'tkazish nima uchun kerak?, - degan savol paydo bo'lishi mumkin. Qishda mamlakatimizda birorta ham ajoyib holatdagi maydonni topa olmaysiz. Ayni kunlarda hamma er qor bilan qoplangan va yurtimiz bo'ylab anomal sovuq havo izg'ib yuribdi. Bunaqada normal yig'in o'tkazish ilojsiz. Ko'ngildagidek yig'in uchun birinchi navbatda sifatli maydon kerak, undan keyin o'rtoqlik o'yinlari uchun etarlicha raqiblar, futbolchilarning yashashlari hamda eb-ichishlari uchun yaxshi sharoit. Bunday tashqari, mashg'ulotlar uchun sharoit kerak. Bugungi kunda O'zbekistonning birorta klubi yanvar oyida o'z bazasida Turkiya yoki BAAdagi kabi sharoitlarni yarata olishmaydi. "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" va boshqa klublarimizning barchasiga xorij yig'ini zarur. Ayrim klublarimiz yanvardagi yig'inni BAAda, fevraldagi yig'inni esa Turkiyada o'tkazishmoqda. Bazi klublarimiz esa birato'la ikkala yig'inni bitta qilib Antaliyaga borishgan.


O'tgan yili "championat.asia" saytidan 2 kishilik guruh bo'lib Antaliyadagi yig'inlarni yoritib borgandik. O'shanda ko'plab o'zbek klublari uchun xorij yig'inini tashkillashtirib beradigan "Enda Tour" kompaniyasi prezidenti Rejep SHamil Yashajan bilan intervyu uyushtirgandik >>>>> 

Nima uchun aynan Turkiyada yig'in? Antaliyadagi stadionlar va u erga yig'in uchun boradigan klublar haqida "Enda Tour" prezidenti SHamil Yashajan bilan suhbat


Dubay, Abu Dabi yoki Antaliyada ob-havo juda yaxshi va ayni mashg'ulotlar o'tkazish uchun mos. U erda o'rtoqlik o'yinlari uchun kerakli raqiblarni topish ham ortiqcha muammo bo'lmaydi. Sababi, ko'plab jamoalar o'sha erda bo'lishadi. Bugungi kunga kelib xorijda yig'inlarni tashkillashtirish alohida biznesga aylanib ketgan. To'g'ri kompaniyani topa olsangiz bas. Ularni o'zi siz uchun hamma narsani tashkillashtirib berishadi, siz faqat tanlaysiz. Albatta, cho'ntagingizdan kelib chiqib. Mehmonxonalarda trenajer zali va saunalar bor va bu narsalar sportchilar uchun juda zarur. Mehmonxonalar, mashg'ulot maydonlari, o'rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar, o'yinlarga o'sha erdan hakamlar topish va hokazolarning deyarli barchasini maxsus kompaniyalar tashkillashtirib berishadi. Yuqoridagi "Enda Tour" kabi.

Bir so'z bilan aytganda xorij yig'ini klublarimiz uchun juda muhim hisoblanadi. O'zini hurmat qiladigan professional klub yig'in uchun albatta xorijga chiqishi kerak.


Bu yil o'zbek klublaridan 14tasi yig'in uchun xorijga chiqmoqda. Superliganing 13 va Pro liganing bir jamoasi.

Quyida o'zbek klublarining xorij yig'inlarini sanalari bilan keltirib o'tamiz.

"Paxtakor": 13-27 yanvar, 31 yanvar - 14 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Navbahor": 6 yanvar - 17 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Nasaf": 27 yanvar - 17 fevral. Antaliya, Turkiya.

AGMK: 15-29 yanvar. Dubay, BAA. 3-17 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Qizilqum": 3-17 fevral. Antaliya, Turkiya.

"So'g'diyona": 27 yanvar - 10 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Olimpik": 27 yanvar - 15 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Neftchi": 6 yanvar - 20 yanvar. Antaliya, Turkiya.

"Bunyodkor": 14-25 yanvar. Abu-Dabi, BAA. ("Qaldirg'ochlar" 2-yig'inni Antaliyada o'tkazishlari mumkin).

"Andijon": 27 yanvar - 17 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Turon": 27 yanvar - 10 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Buxoro": 20 yanvar - 10 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Surxon": 2 fevral kuni Antaliyaga yo'l oladi (hozircha termizliklarning yig'ini qaysi sanagacha davom etishi haqida bizda malumot yo'q).

"Lokomotiv" (Pro liga): 20 yanvar - 10 fevral. Antaliya, Turkiya.

"Metallurg": .....


Ko'rib turganingizdek Superliga klublaridan faqatgina "Metallurg" bu yil xorijga yig'in uchun chiqmayapti. Har holda hozircha shunday. Luisma Ernandes jamoasi yanvardagi yig'inni Bekobodda o'tkazadi va yig'in davomida Pro ligaga tushib ketgan "Lokomotiv" hamda "Dinamo" bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi. Bekobodliklar shu kungacha doimo xorij yig'iniga chiqib kelishgan. Bu yil nima bo'ldi? Bizga nomalum. Klub fevral oyi uchun yig'in rejalarini elon qilmadi. Hozircha fevral uchun mavhumlik...

Yurtimizdagi hozirgi ob-havodan kelib chiqsak "Metallurg" o'yinchilariga havas qilib bo'lmaydi. Futbolchilar ortiqcha hech nimani o'ylamay yangi mavsum uchun yuklamalarni olib tayyorlanish o'rniga Bekobodda avvalo sovuq havo va qor bilan kurashishlari lozim. Kamiga bu paytda ideal maydonni topish imkonsiz. Balki, fevralda jamoa xorij yig'iniga chiqar, ammo hozircha "Metallurg"da jim-jitlik...

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика