So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  19 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  19 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Xorazmdan chiqqan millioner Yangiliklar

Xorazmdan chiqqan millioner

U bolaligida Mirjalol Qosimov va Anvar Solievni bilardi, xolos. Bugun uni butun O'zbekiston taniydi.

Uning uchun olam faqat Xorazmdan iborat bo'lib, poytaxt nima-yu Toshkent qaerda, bilmasdi. Ammo, to'satdan futbol atalmish mo'jiza paydo bo'ldi va faqir oilaning kenja farzandiga dunyo eshiklarini ochdi...

Jaloliddin Masharipov — hayot sinovlari bilan ancha erta tanishdi. U va akasini boqish uchun otasi uzoq shaharlarda ter to'kar, tamaki olib sotgan sodda oyisi esa bir gal sudlanib ham chiqqandi. Yo'qsillik mehrga muhtoj bo'lajak yulduzni eng kerak davrida ota-onadan uzoqda tutdi. Farzandlarining kelajagini o'ylagan juft rus diyoriga jo'nab, musofirchilikning qattiq nonidan tatib ko'rishga majbur bo'ladi. Buvisi bilan yashay boshlagan Jalol ularni sog'inar, o'ylagan sari zerikardi. Bolakay shunaqa paytlarda o'zini futbol bilan chalg'itdi... 

Toshkentga ko'chish

5-sinfda o'qib yurgan kezlari internat jamoasi bilan Jizzaxdagi turnirga bordi. O'rtog'i Jamshid Iskandarov bilan birga "Paxtakor" skautlarining nishoniga tushib qolgan Jaloliddin poytaxtga ko'chib o'tdi. Bu Masharipovlar oilasi uchun kutilmagan va quvonchli voqea edi. Ammo, hayot faqat baxtli kunlardan iborat emas. Unda muvaffaqiyatga erishish  uchun taqdirning sinovlarini engish kerak. 

Qiyin kunlar

Jaloliddin uchun chinakam imtihon 18 yoshida "Paxtakor"ning o'rinbosarlar jamoasiga olinmaganidan keyin boshlandi. O'shanda murabbiylar Masharipovdan futbolchi chiqishiga ishonishmagan edi. Yarim himoyachi bu vaziyatda futboldan ketish haqida ham o'ylab ko'rdi. CHunki ortiq hech kimga kerak bo'lmay qolgandi. Ammo, barchasini tushundi va undan voz kechganlarga zo'rroq ekanini isbotlash uchun harakat boshladi.

Dastlab, Jizzaxning "G'allaorol"i bilan kelishdi. Biroq, yoshlar terma jamoasi ustozi Ahmadjon Musaevning maslahati bilan poytaxtga qaytib, Mochinov boshchiligidagi "Oq-tepa"ga o'tdi. Birinchi ligada o'ynab yurgan paytlari jamoadoshlari bilan ijarada yashar, uyning ahvoli juda yomon holatda bo'lib, kalamushlardan muntazam himoyalanishni talab qilardi...

U barchasiga chidadi, barchani engdi. "Paxtakor" uni qaytardi. Vaqt o'tishi bilan Jaloliddinning klubdagi o'rni mustahkamlanib boraverdi. Bu orada terma jamoa etakchisi bo'lib, legionerga aylandi. 10 yil muqaddam Jaloliddinning ovqatlanish uchun pul topolmagan vaqtlari ham bo'lgan. Bugun esa million dollari bor!

Xulosa

Oramizda bugun ishlari yurishmayotgan kishilar etarlicha. Agar siz o'zingizni omadsiz deb hisoblasangiz, 18 yoshida murabbiylarning "Sendan futbolchi chiqmaydi" qabilidagi gapini eshitgan Jaloliddinni eslang. U to'xtab qolmadi, o'z ustida ishlashda davom etdi — yumaloq to'pga borini berdi. Natija esa o'rtada...


Muallif :
Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика