So’nggi yangiliklar

21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  0 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  6 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  4 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  1 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  7 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  8

Xorazm viloyati futbol mahorati maktabiga qabul jarayoni bo'lib o'tdi Yangiliklar

Xorazm viloyati futbol mahorati maktabiga qabul jarayoni bo'lib o'tdi

Teglar :  Xorazm
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 9 iyundagi “2020-2021 o'quv yilida futbol mahorat maktablariga o'quvchilarni qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida”gi buyrug'iga asosan, Xorazm viloyati futbol mahorati maktabiga o'quvchilarni qabul qilish jarayoni nihoyasiga etdi.

Imtihonlar joriy yilning 20-21 avgust kunlari “Xorazm sport majmuasi” futbol maydonida karantin talablari va sanitariya-gigiena qoidalariga qatiy rioya qilingan holda bo'lib o'tdi. Qabul komissiyasi faoliyatining shaffofligi va xolisligini taminlash maqsadida imtihon jarayonini O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Hududlarni sportga ixtisoslashtirish va o'yin sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Akbar Urazboev hamda O'zbekiston futbol associaciyasi Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Otabek Kenjaevlardan iborat respublika ishchi guruhi vakillari joyida bevosita kuzatib borishdi.

O'z navbatida voha mutaxassislari tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridan selekciya ishlari natijalariga ko'ra saralab olingan 67 nafar yosh “charm to'p” ustasi o'yin mahorati, jismoniy tayyorgarlik va texnik ko'rsatkichlari bo'yicha sinovdan o'tishdi. SHundan, 22 nafari futbol mahorati maktabining 5-sinfiga qabul qilindi. Endilikda, ular u erda tajribali va malakali trenerlar qo'l ostida mukammal shug'ullanib, mahoratini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Kezi kelganda takidlash joizki, imtihonga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'lik tashkiliy ishlarda Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining ko'magi beqiyos bo'ldi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahri.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика