“Xorazm” O'zPFL kubogida qatnashadi
21 jan 2014 10:37
Yangiliklar

“Xorazm” O'zPFL kubogida qatnashadi
Vohaliklar futbol klubi direktori Sultonboy Nurmetovning takidlashicha, jamoa fevral oyining boshida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirish maqsadida Toshkent shahriga yo'l olishni ko'zlayapti.
“Xorazm” jamoasi poytaxtda yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik jarayoni doirasida O'zbekiston Professional futbol ligasi kubogida qatnashishni ham rejalashtirmoqda.
Kezi kelganda aytib o'tish joizki, ayni damda urganchliklar O'zPFL kubogi sohiblaridan biri hisoblanishadi. Ular 2010 yilgi final o'yinida “Bunyodkor” o'rinbosarlarini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ana shunday sharafga sazovor bo'lishgandi. O'shanda, “Xorazm” jamoasi safidan g'alaba to'plarini Vladimir Gavrilov va Komil Jo'raevlar kiritishgandi.
Ikrom Xudoyberganov.

Fikrlar