“Xorazm” o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda
26 jan 2014 09:00
Yangiliklar

“Xorazm” o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda
Birinchi liga vakili “Xorazm” ayni paytda o'z qarorgohida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda.
Jamoa 10 yanvardan mashg'ulotlarga kirishgan. Hozircha yig'in Urganchdagi “Xorazm sport majmuasi”da o'tkazilmoqda. U erda 40 nafarga yaqin futbolchilar shug'ullanmoqda. Bosh murabbiy Mansur Davletovning betobligi sababli mashg'ulotlarni uning yordamchisi Oybek Quryozov olib bormoqda. Jamoa rejasiga fevralda Toshkentga borib, PFL Kubogida ishtirok etish ham o'rin olgan. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, ayni paytda bir qator mahalliy yoshlar jamoa ko'rigidan o'tmoqda. Ularning orasida o'tgan yili “Olmaliq”da o'ynagan Mamur Abdullaev, “Alanga”dan Timur Bekchanov ham “Nasaf” yoshlar jamoasidan Jamoliddin Masharipov borligini aytish mumkin. Malum muddat “Olmaliq” yig'inida ishtirok etgan to'purar hujumchi Murod Bobojonov yana jamoaga qaytib kelgan.
O'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan Qadamboy Nurmetov, Aziz Jo'raev, Sobir Mamarahimov, Sobir Azizov ayni paytda jamoa bilan birga emas. Yosh hujumchi Nurmetov hozirda Igor SHkvirin boshqaruvidagi “Olmaliq”da ko'rikdan o'tayotgan bo'lsa, yuqorida nomlari keltirilgan boshqa futbolchilar esa “Xorazm”ning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shilishi aytilmoqda.
I.RUSTAMBEKOV.

Fikrlar