So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Xorazm. O'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi Yangiliklar

Xorazm. O'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi

Urganch olimpiya zaxiralari kollejida 2004 yilda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida O'zbekiston birinchiligi boshlandi.

Unda Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlaridan tashqari barcha hududlardan jamoalar qatnashyapti.

Ayni damda, musobaqa uch guruhda davom etmoqda. Guruhlar esa quyidagicha ko'rinish olgshan:
“A” guruhi. Buxoro viloyati, Toshkent viloyati, Namangan viloyati.
“B” guruhi. Qoraqalpog'iston respublikasi, Farg'ona viloyati, Navoiy viloyati.
“C” guruhi. Xorazm viloyati, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati.

Musobaqaning ilk o'yinida Toshkent va Namangan viloyatlari terma jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Uchrashuvda vodiylik yosh futbolchilar raqiblari darvozasiga uchta javobsiz to'p kiritishdi. Natijada, namanganlik yoshlar dastlabki g'alabani tantana qilishdi, 3:0.   

Dastlabki kunning qolgan ikki o'yini quyidagicha yakunlandi: Qoraqalpog'iston-Navoiy - 0:3, Jizzax – Sirdaryo - 0:4. Keyingi bosqichga yo'l oladigan jamoalar nomi  20 may kuni  malum bo'ladi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика