Xong-Min Son: "Bavariya"ga o'tmagan bo'lardim"
16 jan 2014 18:42
Yangiliklar


Xong-Min Son: "Bavariya"ga o'tmagan bo'lardim"
"Bayer" hujumchisi Xong-Min Son "Bavariya" tomonidan bo'layotgan qiziqish haqidagi mish-mishlarga izoh berib o'tdi.
"Bavariya"? U erga o'tmagan bo'lardim. "Bayer"da o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Nima uchun biror narsani o'zgartirishim kerak? "Bavariya" - top klub. U erda ajoyib futbolchilar to'plangan va ular o'sishda davom etishyapti. Asosiy tarkib uchun raqobat ham juda yuqori u jamoada. Men esa doimiy ravishda maydonga tushishni istayman. "Bayer"da baxtliman va bu erda uzoq qolsam kerak", dedi futbolchi.

Fikrlar