Xoland sonidagi jarohati sabab yil so'nggiga qadar safdan chiqdi
04 noy 2021 11:30
Yangiliklar
Xoland sonidagi jarohati sabab yil so'nggiga qadar safdan chiqdi
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'lining son jarohati sabab 2021 yilning so'nggiga qadar safdan chiqqanini xabar qildi.
"Vaziyatni hisobga olsak, Erlingda barchasi unchalik yomon emas, ammo u malum bir vaqtni o'tkazib yuborishi kerak.
U Rojestvoda maydonga qaytsa zo'r bo'lardi, ammo buning ehtimoli kam", - deydi katta Xoland.
21 yoshli Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 4ta assit qayd etdi.
Fikrlar