Xoland GQ jurnali uchun sochlarini yoygan holda suratga tushdi
18 jan 2023 21:44
Yangiliklar
Xoland GQ jurnali uchun sochlarini yoygan holda suratga tushdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland GQ jurnalining bosh muqovasidan o'rin oldi.
Norvegiyalik forvard nafaqat soch, balki qimmatbaho kiyimlari bilan ham etiborni tortgan.
Kadrlardan birida Xoland 690 funtlik Givenchy jemperi va 2000 funt sterlinglik kulrang blazer kiygan holda kameraga to'g'ri qarab turganini ko'rish mumkin.
Boshqa suratda "Borussiya Dortmund"ning sobiq futbolchisi 3800 funtlik ko'ylak, 325 funt sterlinglik jemper va qimmatbaho taqinchoqlarini ko'z-ko'z qiladi.
Xoland, shuningdek, o'yin uslublarini yoqtiradigan bir nechta hujumchi nomini sanab o'tdi.
"Zlatan, Van Persi, Jeymi Vardi, Serxio Aguero, Lionel Messi, Alvaro Negredo, Edin Jeko, Mario Balotellining o'yinlariga havas qilganman.
Eslatib o'tamiz, Xoland "Manchester Siti" tarkibida 24 o'yinda 27 ta gol urdi.
Fikrlar