Xoland: "Albatta, har bir o'yin bosim beradi"
01 dek 2022 20:12
Yangiliklar
Xoland: "Albatta, har bir o'yin bosim beradi"
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland har bir o'yin oldidan bosimga tushishini aytdi.
"SHaharliklar" forvardi hozirda 18 gol bilan Angliya chempionati to'purari bo'lib turibdi.
"Albatta, har bir o'yindan oldin bosim bo'ladi. Odatda, bahslar oldidan uyqudan muammo bo'lmaydi, biroq, baribir o'yinlarga tayyorgarlik gashti boshqacha bo'ladi. 50 ming muxlis qarshisida o'ynayman, millionlab muxlislar televizor qarshisida tomosha qilib turishini bilaman. Ularning barchasi o'yinlarimdan rohat olishi uchun harakat qilaman", - dedi Xoland.
Eslatib o'tamiz, yozda norvegiyalik forvard 60 million evro evaziga "Borussiya"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.
Fikrlar