So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

Xoland 52 ta gol urdi va 3 ta sovrin yutdi. Biroq "Oltin to'p"ni yana Messiga berishadi Yangiliklar

Xoland 52 ta gol urdi va 3 ta sovrin yutdi. Biroq "Oltin to'p"ni yana Messiga berishadi

Mavsumning eng muhim individual sovrini haqida.

Sovringa kim ko'proq loyiq edi?

Evropaliklar endi Messini vaqtdagi tafovut va MLS darajasi tufayli kamroq ko'ra boshlashadi. PSJda ham aslida uni oldingidek kuzatishmagandi. Forvard ijrosida super o'yinlar bilan o'rtamiyona bahslar yonma-yon yurdi. To'g'ri, Parij klubi muxlislarining Messini ochiqchasiga tanqid qilishi biroz g'alati, lekin dono xalqimiz "shamol bo'lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi", deganidek, bunga bazi sabablar bor edi. Leoning o'zi ham buni isbotlab, ketar chog'i Parijda baxtli bo'lmaganini aytdi.

Unda nimaga PSJga o'tdi? Xolandni misol uchun "Barselona" va "Real" o'z tarkibida ko'rishni istagandi, dam olish vaqtida oddiy muxlisga Ispaniyaga borishini aytgandi. Keyin futbolchi vakillari bu malumotni tasdiqlashgan ham. Ammo kuchi va imkoniyat borida, o'sha vaziyatda APLga ko'chib o'tish, yaxshiroq bo'ladi deb hisobladi va adashmaganini ko'rib turibmiz. Erling "Manchester Siti"ga katta foyda keltirdi va evrokuboklar borasida "Vest Xem" bilan tenglashib olishda yordam berdi.

Ammo futbolchi uchun asosiy duel kuzda "Oltin to'p" sovrini topshirilgach, yakunlanadi. Xo'sh, kimning imkoniyatlari yuqoriroq? Kim nima desa, desinu, yaqqol favorit ikkita.


"Oltin to'p" Xolandga berilishi kerak

1. APLdagi ideal debyut. Evropa "Oltin butsa"sini qo'lga kiritdi, Liganing gollar bo'yicha rekordini yangiladi, 35 o'yinda 36 ta gol. Daxshatli samadorlik – norvegiyalikning ustunligi. Bu erda Messining muxlislari argentinalikning ham statistikasi yomon emasligi, Erling esa sheriklariga muhtoj va to'p bilan kam muomalada bo'ladi. 

2. "Manchester Siti" bilan trebl. Jamoaviy sovrinlar ham muhim. 21 asrda oltita trebl bo'lgan. Qizig'i, ularning ikkitasi Gvardiolaning "vijdoniga havola". Agarda "shaharliklar" APLda "Arsenal"ga imkoniyatni boy berishsa, keyin Kubokda MYUga yutqazsa, desert o'rnida esa ECHLda tasavvur qiling, overtaymda "Inter" kambek amalga oshirsa, Xoland "Oltin to'p" olmasligi 100% aniq bo'lardi. Hozir esa imkoniyatlar ancha yuqori.

3. CHempionlar Ligasidagi gollar. 12 ta gol Xolandga faoliyatida ikkinchi bor musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lish imkonini berdi. U endigina 22 yoshda bo'lsa ham, ko'plab afsonalar erisha olmagan natijalarga erishdi. Misol uchun Ibragimovich, Ouen, Nedved va Kannavaro singari "Oltin to'p" sohiblari singari, biror marta CHempionlar Ligasida g'olib bo'lmagan.

4. Lionel Messining omadsizliklari. Raqobatchilarni solishtirmay bo'ladimi? Franciya chempionatining eng yaxshi futbolchisi nomi Mbappega nasib qildi. Yani francuz futbolini muntazam kuzatadigan mutaxassislarning fikricha, hujumchi PSJ chempionligida buyuk argentinalikdan muhimroq rol o'ynadi. Messi Kilian bilan birga CHempionlar Ligasi finaliga ham chiqa olmadi, ancha erta musobaqadan chiqib ketishdi. Qo'shimchasiga, Leo TOP-5da rekordlarni yangilash emas, amerikalik pensionerlarni xursand qilishi – Xoland foydasiga ishlaydigan faktor.

5. Marosim oktyabr oyi oxirida. Klublar futboli mavsumi yakunlariga ko'ra sovrinni, kuzning ikkinchi yarmida topshirish? UEFA Superkubogi uchun bahs 16 avgustda o'tishini etibordan chiqarmang. Messining JCHdagi muvaffaqiyatidan deyarli bir yil o'tadi, Xoland esa APLda mavsumni yana gollar yomg'iri bilan boshlashi mumkin. To'g'ri, yangi mavsum natijalari inobatga olinmasligi mumkin, ammo ovoz berish natijalaridagi tushunarsiz qarorlarga o'rganib bo'lganmizku, to'g'rimi?



"Oltin to'p" Messiga berilishi kerak

1. Jahon chempionatidagi g'alaba. Argentina uchun buyuk natija. Afsus, Maradona bu kunlarni ko'rmadi. U ona yurtining mundialdagi g'alabasini, keyinroq esa jonajon "Napoli"sining A Seriyadagi g'alabasi nishonlagan bo'lardi. So'rovda Messining jiddiy ustunligi jahon kubogi. PSJ bilan Franciya chempionligi jiddiy argument bo'lishi dargumon, lekin Lionelning gollarisiz chempionlik sensacion ravishda "Lans"ga nasib qilishi mumkin edi. CHunki yakunda barchasini bir ochko hal qildi.

2. Hakamlarning xayrixohligi. Ovoz beradiganlar uchun Xoland kim? Kuchli jamoaning hujumlarini yakunlab turgan va ECHLda g'alaba qozongan bir hujumchi. Bu kabi fokus Levandovskining ijrosida ko'rganimizda, francuzlar "Oltin to'p" topshirilishini bekor qilishgandi. Ovoz beradiganlar Messini yaxshi ko'rishadi, buni isbotlash ham shart emas. Xoland APLda unikal debyut qildi? Lionel vaqtida Erling hozir urganidan 22 ta (!) ko'proq gol urgan.

3. Xolandning JCHni o'tkazib yuborgani. Bu jiddiy narsa. Norvegiya guruhdan chiqib, Erling 3-4 ta gol urganida, Messining JCHdagi g'alabasiga qarshi ancha kuchsiz bo'lgan o'z mamlakati termasi safidagi zo'r o'yinni qo'ysak bo'lardi. Qatar maydonlarida ko'rinish bermagani Xolandga qimmatga tushadi. Balki JCH-2026da o'ynar? Aytgancha, Leo u musobaqaga bormasligini malum qildi.



4. Erling Xolandning "minuslari". Ovoz berish jarayonida doim ham eng yaxshilarni tanlashmaydi. Bazida raqibning minuslaridan kelib chiqib, xulosa chiqarishadi. "Liverpul", MYU va "Inter"ga qarshi finallarda Xoland qaerda edi? Superkubokda va Angliya Kubogi finalida norvegiyalik bir-ikkita imkoniyatni ko'kka sovurdi. Derbida Gyundogan dubl qayd etdi. ECHL finalida Xolandning eng xavfli zarbasini Onana qaytardi. Mbappe Qatarda finallarda qanday o'ynash kerakligini ko'rsatib berdi, Messi esa unga javob bera oldi. Xoland hali bu borada o'sishi kerakligini hech kim inkor qilmasa kerak.

5. Mbappe va De Bryuynening ovozlari. Messining hech bir muxlisi JCH finalidagi xet-trikka qaramay, Kilianga ovoz bermaydi. Ular APL va ECHLda finalgacha zo'r o'ynagan bo'lsada, De Bryuynega ham ovoz berishmaydi. Biroq ashaddiy muxlis emas, mavsumdagi o'yinidan kelib chiqib, Xoland, Kvaracxeliya, Vinisius va boshqa qaxramonlarga ovoz beradiganlar, De Bryuyne va Mbappeni ham tanlashi mumkin. Bu ikki futbolchi norvegiyalikning ovozlarining bir qismini "olib qo'yadi". Farq katta bo'lmagan holatda bu o'ta muhim faktor.

CHindan munosib nomzodlar va ulardan birini tanlash oson emas. Messi – jahon chempioni, Xoland APLni yondirib tashlagan debyutant. Ha, De Bryuyne ham zo'r o'yinchi, ammo na terma safida, na ECHL finalida omadsizlikdan qutila olmadi. Mbappe ham ko'p narsaga qodir, lekin hali ham o'z maksimumini ko'rsata olmagandek. Agarda Argentina yozda mundial g'olibi bo'lganida, Xolandning imkoniyatlari deyarli bo'lmasdi. Biroq qishki mundial, treblning ham salmog'ini oshirdi. 23 yoshida norvegiyalik yigitcha kimsan Messini ortda qoldirib, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Futbolning yangi davriga xush kelibsiz!


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика