So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

“Xokim Kubogi-2016”. "Andijon" yoshlari “Neftchi”ga mag'lub bo'ldi. Ertaga Andijonda “Norin” bilan o'yin bor Yangiliklar

“Xokim Kubogi-2016”. "Andijon" yoshlari “Neftchi”ga mag'lub bo'ldi. Ertaga Andijonda “Norin” bilan o'yin bor

Teglar :  NeftchiAndijon
Farg'onada kechayotgan “Hokim Kubogi-2016” turnirining bugun 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

“A” guruhidan o'rin olgan “Andijon” safarda “Neftchi-1” jamoasi bilan kuch sinashdi. Aytish lozimki, “burgutlar”ning asosiy tarkib azolari bugungi kunda poytaxtda yig'in o'tkazayotgani bois Farg'onadagi turnirga yoshlar jamoamiz tashrif buyurmoqda. Qahramon Abduqodirov boshqaruvidagi “Andijon” yoshlar jamoasi qarshisida bugun jiddiy raqib gavdalandi. Tabiiyki hisob ham shunga yarasha ko'rinish oldi. 

Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Neftchi”ning asosiy tarkibiga qarshi kechgan uchrashuvda yoshlarimiz 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi. 

SHuni takidlash joizki, “A” guruhida “Andijon” jamoasi shu kungacha 7 ochko to'pladi.

Ertaga yoshlar jamoamiz “Norin” bilan o'ynaydi. Uchrashuv Andijon shahridagi SHo'rbuloq dahasida joylashgan suniy maydonda 11:00da boshlanadi. Ishqibozlarimizni taklif etamiz.  

“A” guruhi 4-tur

“Andijon” – “Neftchi-1” - 0:2

Farg'ona. “Neftchi SK” stadioni.

Gol: Baxtiyor Yoqubov, 1:0. Murod Bobojonov, 2:0.

“Neftchi-1”: O'tkir Yusupov, SHukur Po'latov, Jahongir Mehmonov, Alisher Samatov, Dilyor Irmatov,  Javohir Rasulov, Abbos Maxstaliev,  Muxsin Ubaydullaev, Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov, Murod Bobojonov.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Ilxom Boydedaev, Sardor Qulmatov, Doston Tursunov, Sardor Eminov, Umid Qodirov, Otabek Isroilov, Jamshid Xoshimov,  Islom Toshpo'latov.

“Andijon”: Barakatillo Isroilov, Madamin Mahmudov, Ahror O'ktamov, Dilmurod Mahmudov, Bobur O'rishev, Baxtiyor Qosimov, SHoxsulton  Parpiev, Ro'zivoy Abdug'afforov, SHoxjahon Hasanov, Abror Komilov, Xondamir Yuldashev.

Zaxiradan tushganlar: Avaz SHarobiddinov, Bahrom Qosimov, Sardor Solijonov.


"Andijon" FK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика